Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Bosh prokuratura tomonidan Toshkent shahri va viloyati hududida yovvoyi hayvonlarni noqonuniy saqlash bilan bog‘liq holatlar o‘rganilmoqda.
Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining «Yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 736-son qaroriga asosan, 2025-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan ko‘pgina (ro‘yxat asosida) yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlash hamda sirk tomoshalarida yovvoyi hayvonlardan foydalanish ta’qiqlandi.
Ekologiya vazirligi davlat inspeksiyasi va Bosh prokuratura maʼlumotlariga koʻra, o‘rganishlar davomida Toshkent viloyati hamda shahar hududidagi pitomniklar hamda yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlash joylarida 9 turdagi 80 dan ortiq sut emizuvchi hayvonlar va parrandalar, jumladan, 4 dona Afrika sherlari ruxsatnomadan tashqari, noqonuniy saqlab kelinayotganligi aniqla
ndi. Ushbu hayvonlarning bir qismi belgilangan tartibda saqlash uchun Toshkent shahar hayvonot bog‘iga topshirildi. O‘rga
nish ishlari davom ettirilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyuldagi «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi 627-sonli Qonuniga muvofiq, joriy yil 1-martdan 15-avgustga qadar ov mavsumi yopilgan. Bu vaqtda yovvoyi hayvonlar va qushlarni ovlash qat’iy taqiqlanadi.