Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qorakamish massivining 1/1-kvartalida, 423-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi (bolalar bog‘chasi) ro‘parasida amalga oshirilayotgan bino buzilish jarayoni fuqarolarni jiddiy xavotirga solmoqda. Mahalliy aholining ma’lumotiga ko‘ra, buzilish ishlari amaldagi qurilish va ekologik xavfsizlik qoidalariga zid ravishda olib borilmoqda.
Fuqarolarning aytishicha, buzilayotgan ob’ekt atrofida xavfsizlik to‘siqlari o‘rnatilmagan, changni ushlab qoluvchi maxsus to‘rlar (pylovye setki) esa umuman mavjud emas. Natijada yaqin atrofdagi bog‘chaga qatnovchi kichik yoshdagi bolalar kun bo‘yi qurilish changiga nafas olishga majbur bo‘lmoqda.
Bundan tashqari, hududdagi yirik, ko‘p yillik daraxtlar ham qurilish chiqindilari ostida qolgan. Bu nafaqat ekologik holatga salbiy ta’sir qiladi, balki atrof-muhitga ham jiddiy zarar yetkazadi.
Mahalliy fuqarolar mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilish yo‘lini izlamoqda. Ular bu holatga zudlik bilan chora ko‘rilishini, bolalar salomatligi va atrof-muhit himoya qilinishini talab qilishmoqda.