Festival ekologik turmush tarzi, chiqindilarni saralash va qayta ishlash, resurslardan oqilona foydalanish hamda zamonaviy ilmiy va ekologik yechimlarni keng targ‘ib etishga qaratilgan.

Manzil: Andijon shahri, Cho‘lpon ko‘chasi, 193-uy, Berlin Zentrum.

Festival davomida tashrif buyuruvchilar uchun mutaxassislar ishtirokidagi ochiq ma’ruzalar, chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha mahorat darslari, ekologik mahsulotlar va ilmiy ishlanmalar yarmarkasi, sovrinli o‘yinlar hamda jonli musiqiy dastur tashkil etiladi.

Kattalar va yoshlar uchun

Festivalning asosiy hududida ekologik turmush tarzi va barqaror rivojlanish bilan bog‘liq turli tadbirlar o‘tkaziladi. Jumladan:

“Ekologik yashash qimmat emas: uyda nimadan boshlash kerak?” — Circular va barqaror hayot mutaxassisi, ORGANIC LIVING asoschisi Oydin Pulatova;
“Saraton genomikasi” — biolog, ixtiolog Murodjon Raxmonov;
“Nega chiqindilarni saralash kerak?” — ekofaol, Batareykalar.Uz loyihasi asoschisi Feruzbek Sayfullayev;
“Imo-ishora tilini o‘rganamiz” — imo-ishora tili bo‘yicha mutaxassis E’zoza Ahmedova;
“Ekologiya yoki iqtisodiyot?” mavzusida yoshlar uchun munozara;
“WALL•E” multfilmi namoyishi (o‘zbek tilida).

Festivalning ochilish marosimi, DJ dasturi va sovrinli o‘yinlar ham asosiy hududda bo‘lib o‘tadi.

Bolalar uchun alohida ekologik va ilmiy dastur

Festivalning bolalar hududida yosh ishtirokchilar uchun ta’limiy va interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Dasturdan:

“Matematika amalda” — matematika fani o‘qituvchisi Zulayho Habibullayeva;
ilmiy eksperimentlar namoyishi;
“Fikrlab” kitob taqdimoti va “Mening eko sumkam” — oliy toifali o‘qituvchi Xasanova Diana;
robototexnika darsi o‘rin olgan.

Kun davomida — yarmarka, almashinuv va chiqindilarni qabul qilish

Festival davomida tashrif buyuruvchilar ekologik mahsulotlar yarmarkasida ishtirok etish, mahalliy ekologik tashabbuslar va ilmiy ishlanmalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Shuningdek, festival hududida chiqindilarni topshirish va qayta foydalanishni rag‘batlantiruvchi maxsus punktlar faoliyat yuritadi. Ularda:

• batareyalar;
• ishlatilgan o‘simlik yog‘i;
• qog‘oz;
• sellofan;
• alyuminiy

qabul qilinadi.

SWAP hududida esa tashrif buyuruvchilar kitob, gul va turli buyumlarni o‘zaro almashtirishlari mumkin. Festival mehmonlari, shuningdek, shaxmat o‘yinlarida qatnashishlari mumkin.

“Yashil uyim” festivali ekologik mas’uliyatni kundalik hayotdan boshlash, foydali odatlarni shakllantirish va atrof-muhitni asrashga qaratilgan amaliy yechimlarni keng targ‘ib qilish uchun ochiq maydon yaratadi.

Festivalga kirish bepul.
Savollarni shu yerga yo‘llash mumkin: https://t.me/radzhabi 

📅 26 sentabr, 12:00–19:00
📍 Andijon shahri, Berlin Zentrum, Cho‘lpon ko‘chasi, 193-uy