Botanika bog‘i xavf ostida!

Botanika bog‘i xavf ostida!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Istirohat bogʻlari faoliyati va boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida» qarori loyihasi tayyorlanmoqda. Unga ko‘ra, O‘zbekistondagi barcha istirohat bog‘lari hokimliklar huzurida tuziladigan «Istirohat bog‘larini boshqarish direksiyasi»ga o‘tkaziladi. Qarorda “Direksiyalarni saqlash va istirohat bogʻlarini rivojlantirish bilan bogʻliq xarajatlar savdo, pullik xizmatlar, obyektlarni ijaraga berish hisobidan tushadigan tushumlar va mahalliy budjetlar daromadlarining oshirib bajarilgan qismi hisobidan hokimliklar ixtiyorida qoladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshirish;

  • istirohat bogʻlari hududidagi davlat mulki boʻlgan bino-inshootlar va attraksionlar oʻrnatish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi tomonidan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali amalga oshirish;
  • istirohat bogʻlarida umumiy maydonining 30 foizdan kam boʻlmagan qismida yashil maydon tashkil etish, attraksionlar joylashtiriladigan hududlarni alohida ajratish, elektron toʻlov va nazorat tizimini joriy etish” ham ko‘zda tutilgan.

Va ming afsuslar bo‘lsinki, ro‘yxatda Toshkent botanika bog‘i ham bor. O‘zi “kislorod manbai” bo‘lib qolgan, shaharliklarni ko‘zini quvontiradigan, noyob o‘simlik turlari saqlanadigan YaGONA BOG‘ qaror loyihasida ko‘rsatilganidek»Istirohat bog‘larini boshqarish direksiyasiga o‘tkazilsa, bu yerda “OT O‘YIN”, qurilishlar avj olib, yillar davomida olimlarimiz barpo etgan, o‘rganayotgan noyob o‘simliklar, daraxtlar yo‘q bo‘ladi, degani. Botanika bog‘ini asrab qolish har birimizning fuqarolik burchimiz.

Fikrimizcha, bu qarorning qabul qilinishi NOTO‘G‘RI! Chunki aynan shu qaror orqali O‘zbekistondagi istirohat bog‘laridagi YASHILLIK -DARAXTLAR, BUTALAR XAVF OSTIDA QOLADI!