Bir daraxtga shuncha mashmashami?

Bir daraxtga shuncha mashmashami?

O’tgan kuni internet nashrlarida ko’p yozishgan edi, Buyuk Britaniyadagi Shimoliy Timberlend qishlog‘ida joylashgan “Robin Gud daraxti” nomi bilan mashhur chinor kesib ketilibdi, deb.

Timberlend milliy qo’riqxonasi mas’ullari holatni oydinlashtirish maqsadida surishtiruv o‘tkazmoqda. Dastlabki tergov natijasida holatga qasddan qilingan jinoyat deya baho berishgan va bunda 16 yoshli o‘smirning qo‘li bor deb hisoblashmoqda. Uni tegishli surishtiruv ishlari olib borgunga qadar hibsda saqlashmoqda.

Politsiya ofitseri Supt Kevin daraxtning qanchalik diqqatga sazovorligi va bu holat mahalliy aholi orasida katta yo‘qotishga, xafagarchilikka, hatto g‘azabga sabab bo‘lgani haqida ta’kidlab o‘tgan. Ushbu chinor Robin Gud filmlarida ham aks etgan, bundan tashqari, dunyodagi eng ko‘p suratga olingan daraxtlardan biri sifatida e’tirof etilardi.

Bir daraxtga shuncha mashmasha. Biz yiliga yuzlab ko’pyillik daraxtlarni kesamiz, tarixiy, madaniy ahamaiyatga ega binolarni buzamiz, o’lib qolmadik, yashayapmiz.