Jey Tyorner: “Havo ifloslanishi ko‘rsatkichlari shaffof bo‘lishi lozim”

Jey Tyorner: “Havo ifloslanishi ko‘rsatkichlari shaffof bo‘lishi lozim”

O‘zbekiston OAV vakillarining Sent-Luisdagi Vashington universitetining ta’lim bo‘yicha dekan o‘rinbosari hamda Jeyms Makkelvi nomidagi muhandislik bo‘ limi professor Jey Tyorner bilan uchrashuvi bo‘li b o‘tdi.
J.Tyorner Garvard universiteti ilmiy xodimi bo‘lib, AQSh atrof-muhitni muhofaza qilish agentligining Ilmiy maslahat kengashi a’zosidir.

Uchrashuvni AQSHning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik ochib berdi. Suhbat butun dunyoda shuningdek, so‘nggi yillarda kuzatilayotgan Toshkent shahri havosining ifloslanish sabablari haqida bo‘ldi.
Jey Tyornerning fikriga ko‘ra, havo ifloslanishining asosiy sabablari tabiy va antropogen bo‘lib, unga chang zarralari va inson faoliyati natijasida atmosferaga chiqariladigan zararli moddalardir. Olim Toshkentning havosi asosan, qish faslida haddan ziyod ifloslanishini ta’kidladi. Chunki energiyaning ko‘proq ishlab chiqarilishi va sarflanishi havoning ifloslanishiga olib keladi. Yilning issiq kunlari esa, bu miqdorning kamayishi, havoning biroz tozalanishiga olib keladi.

Nega havoning ifloslanganlik darajasi ko‘rsatkichlari shaffof bo‘lishi lozim?

Jey Tyorner atmosferaing ifloslanish darajasi doimo hukumat tomonidan ochiqlanishi, ko‘rsatkichlar esa shaffof bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi. Atmosfera havosida PM 2.5 dispers zarrachalarning yuqori konsentratsiyasi inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatib, yallig‘lanish, kanserogen, teratogen, sitotoksik ta’sirga ega bo‘lib, allergopatologiyaning rivojlanishiga hissa qo‘shadi va insonning umr ko‘rish davomiyligiga ta’sir qiladi. Aerodinamik ekvivalent diametri 2,5 mikrondan kam yoki unga teng bo’lgan nozik zarrachalar atrof-muhit havosidagi zarrachalarni anglatadi. U havoda uzoqroq vaqt davomida to’xtatilishi mumkin va uning havodagi konsentratsiyasi qanchalik yuqori bo’lsa, havoning ifloslanishi shunchalik jiddiy bo’ladi. PM2.5 er atmosferasining kichik bir qismi bo’lsa-da, u havo sifati va ko’rinishiga muhim ta’sir ko’rsatadi. Atmosfera zarrachalari bilan solishtirganda, PM2.5 kichik zarracha o’lchamiga ega, katta maydonga ega, kuchli faollikka, toksik va zararli moddalara ega. Shuning uchun u inson salomatligi va atmosfera muhitining sifatiga ko’proq ta’sir qiladi.


Ayni paytda PM 1.0 zarralari ham tilga olinib, ular yanada kichik bo‘lganligi sababli, insonning ichki organlariga to‘planib, og‘ir kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shunday ekan, avvalo har bir davlat o‘z aholisining sog‘lig‘ini o‘ylagan holda, javobgarlikni o‘z bo‘yniga olishi lozim, db ta’kidladi olim.

AQSh elchixonsida havo sifatini o‘lchash monitori qanday ishlaydi?

Toshkentdagi AQSHning O’zbekistondagi elchixonasi hududida havoning sifatini o’lchash monitori mavjud.
Davra suhbatidan so’ng OAV vakillari monitor faoliyati bilan tanishdi. Monitordan tahlillar har kuni olinadi. Olimning fikricha, undan olingan ko‘rsatkichlar O’zgbekiston gidrometereologiya stansiyalari ko‘rsatkichlari bilan farqlanmaydi, faqatgina bu ko‘rsatkichlar hududlardagi havo ifloslanish darajasiga qarab farqlanishi mumkin. Elchixonadagi monitoring tizimi har 53 daqiqada yangi baholash natijalarini taqdim etadi. Uskuna esa bevosita Vashington serverlariga ulanib, natijalar tahlili u yerdan olinadi.
Bunday uskunalar AQShning deyarli barcha davlatlardagi elchixonalari hududiga o‘rnatilgan.

Nargis Qosimova