Mazkur texnologiyadan 60 tasi 5 yil davomida okean suvini tozalashda bardavom etsa, 5 yil ichida Tinch okeanining yarmi turli chiqindilardan holi bo‘ladi. 2040 yilga borib esa loyiha okeanning 90% qismida turli chiqindi va plastiklarni suvdan tozalab ulguradi.
Shunday, bepoyon, cheksiz shu kabi makonlarda go‘yoki texnologiyalarning salobati yo‘qdek ko‘rinsada, ammo yillar o‘tib, puxta yo‘lga qo‘yilgan tizim va amaliy harakatlar barchasini o‘zgartiradi.
Bizda ham cho‘llashish, qurg‘oqchilikka qarshi shu kabi kichik ko‘rimsizgina texnologik qurilmalar g‘oyasi, innovasion usullar (zamonaviydan klassiklarigacha) qaerlardadir qo‘llanishini kutib yotibdi.
Kanal muallifining qo‘shimcha qilishicha: «Dunyoni shunday kashshofliklar qutqaradi. Biz ham jamiatda har xil yot unsurlarga aralashmay, ilm yo‘lida sobit qadam bo‘lsak va fanni jamiatning ustuni ekanini anglasakkina biz har doim orzu qilgan maqsadlarimizga og‘ishmay yetib boramiz».