Intervyular|16

Sharlotta Adrian: “Suv bebaho ne’mat, uni oltindek qadrlash va e’zozlash vaqti keldi”

Ekolog.uz ning bugungi suhbatoshi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi, Sharlotta Adrian xonim Janobi Oliyalari. Taniqli siyosatchi O‘rta Osiyoda tobora tanqis bo‘lib borayotgan suv ne’mati, uni tejash va oqilona boshqarish bo‘yicha Ittifoqning bu borada olib borayotgan ishlari bilan tanishtirdi.

Sharlotta Adrian: “Suv bebaho ne’mat, uni oltindek qadrlash va e’zozlash vaqti keldi”

Ekolog.uz ning bugungi suhbatoshi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi, Sharlotta Adrian xonim Janobi Oliyalari. Taniqli siyosatchi O‘rta Osiyoda tobora tanqis bo‘lib borayotgan suv ne’mati, uni tejash va oqilona boshqarish bo‘yicha Ittifoqning bu borada olib borayotgan ishlari bilan tanishtirdi.

Assalomu alaykum, Janobi Oliyalari!

Ming afsuslar bo‘lsinki, Orol Dengizi fojiasi ushbu suv havzasida yashagan aholini o‘z uylarini tark etishiga va majburiy migratsiyasiga sababchi bo‘lgani hech kimga sir emas. Bu masalalarni hal etishda mahalliy hamda xalqaro tashkilotlar, xususan Yevropa Ittifoqi qanday ishlar olib bormoqda?

Assalomu alaykum! Men Orol Dengizi fojiasi va mintaqadagi boshqa ekologik muammolar bo‘yicha siz bilan suhbat qilish imkoni tug‘ilganligidan juda xursandman. Bizning tashkilot Orol Dengizi musibatiga eng muhim xalqaro masalalar qatorida qaraydi va unga mintaqaviy muammo sifatida baho beradi. Ayniqsa, Orol Dengizi havzasiga doir turli ekologik loyihalarni moliyaviy tarafdan doimo qo‘llab-quvvatlashni eng oliy maqsadlaridan deb biladi va davlatlarning suv resurslaridan qay tarzda boshqarishini kuzatib keladi. Bunga yaqinda Tojikiston poytaxti Dushanbeda bo‘lib o‘tgan “Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi” (OQXJ) 30 yilligiga bag‘ishlangan “Markaziy Osiyo kuchli mintaqaviy institut orqali barqarorlik sari yo‘lda” mavzusidagi xalqaro konferensiya misol bo‘la oladi.

Bu yerda shuni yana ta’kidlab o‘tish lozimki, Orol fojiasi faqatgina O‘zbekistonning emas, balki bu O‘rta Osiyodagi barcha davlatlarning dolzarb bo‘lib turgan masalasi. Men bu yerda Afg‘onistonning Qo‘shtepa kanalini ham nazarda tutmoqdaman. Chunki bu davlat ham mintaqaning asosiy suv istemolchisi bo‘lib bormoqda. Yevropa Ittifoqi bu jarayonlarning naqadar muhimligini tushungan holda, o‘z yordam yo‘llarini tahlil qilib kelmoqda. Ta’kidlaganingizdek, bu ekologik o‘zgarishlar odamlarning iqtisodiy migratsiyasiga ham bevosita ta’siri bor. Davlatingizda agrar soha eng asosiy iqtisodiy drayverlarddan biri bo‘lishi bilan birga sanoat ham rivojlanib bormoqda va suv resurslaridan bu sohalarning shiddat bilan foydalanishi iqlim o‘zgarishiga tabiiyki ta’sir o‘tkazadi. Ho‘sh, Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda qanday loyihalarni amalga oshirmoqda degan savolingizga kelsak…

Masalan, WECOOP (Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo: suv resurslari, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi sohasidagi hamkorlik). Loyiha Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida barqaror rivojlanish bo‘yicha siyosiy muloqotni mustahkamlash va ularning Yevropa Ittifoqi bilan atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hamkorligiga ko‘maklashishga xizmat qiladi.


National Water Policy Dialogue (NPD) on Integrated Water Resources Management (Suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish ruhida tarmoqlararo va ko‘p manfaatdor tomonlar ishtirokida mamlakatning suv siyosatini dialogi). Bu O‘zbekistonda suv siyosati bilan bog‘liq yutuqlar, muammolar, ustuvor yo‘nalishlar, xavfsiz, adolatli suv ta’minoti va kanalizatsiya hamda transchegaraviy hamkorlik kabi masalalarni muhokama qilish platformasidir.


O‘zingiz ta’kidlab o‘tganingizdek, Yashil Iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini ham esdan chiqarmaslik kerak. Xususan, qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish yo‘llari. Misol uchun paxta yoki sholi. Katta miqdordagi suv talab etuvchi ushbu ekin turlarini iqlim o‘zgarishi sharoitida kam suv talab etuvchi ekin turlari bilan o‘zgartirishni tavsiya etish bizning dialog-platformamizda asos bo‘ladi deb o‘ylaymiz.

Aslida bu muammolar Yevropada ham tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Ichimlik suvi, qurg‘oqchilik, ekin turlarini tashlash, oziq-ovqat xavfsizligi. Bularning barchasini barchamiz birlashib hal qilishimiz zarur.

Yevropa Ittifoqi uchun O‘zbekisonda irrigatsiya tizimlarini rivojlantirish nima uchun qiziq?

Keling, biroz ortga qaytamiz. 2017 yildan avval bizning O‘zbekistondagi loyihalarimiz faqatgina qishloq xo‘jaligi va uning muayyan bir yo‘nalishi bilan cheklib qolgan edi. O‘zbekistonning yangi prezidenti islohotlarni jadallik olib borishi natijasida bizda hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar paydo bo‘la boshladi. O‘zbek fermerlari yangicha yondashuv bilan ishlay boshladilar. Bu esa, ularda markazlashgan rejali iqtisodiyotdan voz kechib, o‘zlari istagan mahsulotlarni yetishtirish uchun imkoniyatlar ham paydo bo‘lib bormoqda deganidir. Bu esa suv tanqisligi tobora shiddatlashib borayotgan bir zamonda suvdan oqilona foydalanib aynan irrigatsiya tizimlarini rivojlantirishni naqadar muhimligi ekanligiga asos emasmi?!

Tan olish kerak, suv kamayib bormoqda, aholi soni esa aksincha ortib bormoqda. Ko‘ryapmizki, suv resurslarni boshqaruvi xususiy sektorga berilishi, innovatsion texnologiyalarni joriy qilinishi, Yevropadagidek haqiqiy narx belgilanishi zarurligi haqida fikrlar ham yangramoqda. Demakki, bu barchamiz uchun muhokama qilinishi dolzarb bo‘lgan mavzuga aylandi deganidir. Zero, suv bebaho ne’mat, uni oltindek qadrlash va e’zozlash vaqti keldi”.

Unday bo‘lsa mening keyingi savolim. Yevropa uchun O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kerakmi yoki bu yurtda chin ko‘ngildan yordam berishni istaydimi?

Savolingiz juda qiziqarli. Menga yoqdi (kulgi). Bilasiz, Yevropa bir shaxs yoki bir jamiyatdan tashkil topmagan. Shu bilan birga yakka Ittifoq bo‘lib bizlar O‘zbekiston bilan har tomonlama hamkorlikni yanada kuchaytirish niyatimiz bor. Masalan iqtisodiy hamkorlik. 6000 dan ortiq mahsulotlar GSP+ — bu maxsus imtiyozlar tizimidan foydalanish imkoni demakdir. Buning ichida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ham bor. O‘zbekistonning poliz ekinlari, mevalari Yevropalik tadbirkorlarda katta qiziqish uyg‘otadi. Boshqa tarafdan GSP+ tizimiga a’zo davlatlardan inson va mehnat huquqlariga, atrof-muhit va iqlim muhofazasi va sifatli davlat boshqaruviga amal qilishni talab etadi. Demakki, bu hamkorlik barcha taraflar manfaatiga xizmat qiladi. Siz, men, bizning farzandlar, barchamizning manfaatimiz uchun.

Bizning shuningdek Rivojlanish Sohasidagi Hamkorlik loyihamiz O‘zbekiston va Ittifoqning kambag‘allikka qarshi kurashishda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy loyihalarini ham amalga oshirib kelmoqda. Bu o‘z-o‘zidan BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga erishish demakdir. Shavkat Mirziyoyevning bu borada olib borayotgan ishlari buni yaqqol ko‘rsatib bermoqda va Yevropa Ittifoqi bu ishlarni qo‘llab-quvvatlaydi hamda hamkorlikni yanada kuchaytirishga tayyorligini bildiradi.

O‘zbekiston, Yevropa Ittifoqi hamda Jahon Bankining “Qishloq xo‘jaligini intensivlashtirish va diversifikatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlash va suv xo‘jaligini takomillashtirish” granti ko‘magida “Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish – II bosqich” B komponenti qo‘shma loyihamiz aynan bog‘dorchilikda ish o‘rinlarni ko‘paytirish orqali kambag‘allikka bo‘lgan yakdil kurashimizning yaqqol misolidir. Aholisi eng zich joylashgan hududni tanlaganimiz bejiz emas. Bu orqali imkonlardan, resurslardan oqilona foydalanib yuqori natijalarga erishish mumkin ekanligini namoyish etib berishni ko‘zlaganmiz.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi (AKIS)ni takomillashtirishda bizning ham o‘rnimiz bor. Aslida bu kabi ishlarimiz ko‘zga tashlanmasada, dehqon va fermerlar bu ma’lumot bazasidan yangi tejamkor texnologiyalar haqida ma’lumotlar olish imkoni bor.

O‘ylaymanki, bizning qishloq xo‘jaligidagi bu kabi hamkorligimiz kelajakda ko‘zlangan ijobiy natijalarga erishishga olib keladi.

Mazmunli suhbatinigiz uchun katta rahmat!

Avazxon Xaydarov suhbatlashdi