Adrian Nil: “O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi integratsiyalashgan Milliy dasturga muhtoj”

Adrian Nil: “O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi integratsiyalashgan Milliy dasturga muhtoj”

Iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonga qanday ta’sir qilmoqda? Unga qarshi kurashish uchun boshqaruv organlari o‘rtasida hamkorlik mavjudmi? O‘zbekistonnni kelajakda nima kutmoqda? Shu va boshqa savollarga Yevropa Ittifoqi ASK(Agriculture Support and Knowledge facility) dasturining O’zbekisatondagi rahbari – Adrian Nil, “Ekolog.uz” saytining muxbiriga javob berdi.

-Assalomu alaykum, Adrian! Garchi men sizni ilk marotaba ko’rib turgan bo’lsamda, siz O’zbekistonda bir necha yillardan beri ishlab kelmoqdasiz shunday emasmi? Shu davr ichida sizning tashkilot qanday ishlarni amalga oshirib keldi?

-Adrian Nil: Assalomu alaykum! Mening O’zbekistondagi faoliyatim 4 yildan beri davom etib kelmoqda va men boshqarayotgan loyihaning asosiy vazifalari O’zbekistonda qishloq ho’jaligini rivojlantirishning 2020-30 yillarga mo’jallangan strategiyasi asosida agrar soha egalarining daromadini oshirish, oziq-ovqat ta’minotini mustahkamlash hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo’yicha konsultativ va moliyaviy ko’mak berishdan iborat.

-Bilishimcha sizning jamoangiz yaqinda bir necha hududlarda iqlimga oid tadqiqotlar olib brogan. Ularning natijalari naqadar havotirli deb o’ylaysiz?

-O’zbekiston hukumatning agrar sektorda iqlim o‘zgarishining ta’sirlariga qarshi kurashishda ma’lumotlarga asoslangan tahlillarga ehtiyojini inobatga olib, jamoamiz bilan 2022 yilda shu sohaga taaluqli ilmiy izlanishlar olib borishga kirishdik.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida AquaCrop, SPHY va WEAP modellaridan foydalanib olib brogan ishlarimiz natijasida, 2059 yilga qadar 4 ta ssenariy — o‘rta, issiq-quruq, iliq-nam va quruq iqlim o‘zgarishi mazkur hududlardagi asosiy ekinlar, bog‘dorchilik, chorvachilik va qishloq xo‘jaligini sug‘orish suvlariga ta’siri prognozlarni ishlab chiqdik.

Raqamlar shuni korsatdiki, shimoliy hududlar janubdagi yerlarga nisbatan kamroq iqlim o’zgarishini boshidan o’tkazsada, iqlim o’zgarishiga moslashuvchanlik bo’yicha hech qanday amaliy ishlar olib borilmas ekan, kelajakda suv taqchilligi bu hududlarda ham yetishtiriladigan ekinlar yashovchanligini yo’qolishiga olib kelishi ehtimoli mavjud. Va bu mamlakatning deyarli yarmini!!! tashkil etadi. Bu esa, dehqonchilik qilish imkoniyati past yerlar aholisini iqlim migratsiyaga majbur qilishi mumkin demakdir.


To’g’ri, O’zbekiston allaqachon bu muammolarni hal qilishga kirishganligi e’tiborga sazovor va bu global karbonat angidrid gazini kamaytirishga bo’lgan ijobiy harakat. Ammo qishloq xo’jaligi o’ziga hos yondashuv, ya’ni keskin amaliy choralarni talab etadi.

-Qanday turdagi keskin choralarni nazarda tutyapsiz?

-Davlat fermerlarning iqlim o’zgarishi bo’yicha habardorligini oshirish, ularni bu jarayonda moslashuvida ko’maklashuvi, tabiiy boyliklarni asrash bo’yicha amaliy ishlarni intergratsilashuv yoli bilan amalga oshirmo’gini aytyapman. Shu bilan birga moliyaviy risklar bilan bog’liq bo’lgan texnologik, yangi urug’ navlari bilan bog’liq tajribalarni amaliyotga kiritishi uzoq muddatli havflarni oldini olishda qo’l keladi.

-O’zbekistonda agrar sohada bir necha milliy dasturlar qabul qilingan bo’lib, shulardan birisi suv tejamkor texnologiyalarni joriy etishni tezlashtirishga qaratilgan. Sizning fikringizcha bu harakat naqadar o’zini oqlamoqda?

-Meni ranjitayotgan narsalardan biri aynan o’sha milliy dasturlarda o’lchov ishlarining zaifligi. Biz halqning puli, byudjet mablag’larining naqadar samarali yo’naltirilayotganligidan ochig’i habarmiz yo’q. Bu savolga aniq javobim ham yo’q. Yangi metodlarni tadbiq etish albatta bu ijobiy ko’rsatkich, ammo bu yetarli emas. Masala har tomonlama,chuqur yondashuvni talab etadi. Misol uchun biror yerni suv ombori uchun qurish zaruriyati vujudga kelsa, biz albatta u yerning mahalliy hususuyatini ham inobaga olishimz kerak. O’rmon zonalarini ko’paytirib tuproqni unumdorligini oshirish orqali ekologik muvozanatni buzilishiga ta’sir etishimiz ham mumkin, shunday emasmi? Ya’ni ki, Qishloq xo’jaligi vazirligi, Ekologiya hamda suv xo’jaligi vazirliklari o’zaro hamkorlik qilishi talabi yuzaga kelishidir; yaylov maydonlarini kengaytirish bu ham shularning siragiga kiruvchi integtarsiyaviy yondashuv hisoblanadi.

Barqaror dehqonchilik yakka o’zi harakat qila olmaydi; maslahat tizimlari orqali bilim va maslahatlarni ta’lim markazlari tadqiqotlari qo’llab-quvvatlashi talab etiladi va moddiy rag’batlantirishlar bugungi kunda yanada samarali bo’lishi uchun zamin yaratadi.

-Iqlim o’zgarishi agrar sohaning qaysi qatlamiga ko’proq ta’sir etadi deb o’ylaysiz?

-Albatta, bu kichik fermerlar va ularning oila a’zolariga. Ekinlarning nobud bo’lishi, fermer xo’jalilarining bankrot bo’lishi va majburiy immigratsiyani yuzaga keltirishi demakdir. Katta fermer tashkilotlari kichik moddiy talofat bilan o’z zararalrini qoplay olib o’nglab olishlari mumkin. Biz poytaxtda jazirama issiqni sezib, uning haqiqiy taftini viloyatdagilar his etishiga o’hshatish mumkin, ayniqsa janubiy viloyatlar hududlar ham taftini, ham iqtisodiy yukini his etishmoqda.

-Sizning maslatahingiz….

-Yuqorida ta’kidlaganimdek, hukumatning ko’pgina subsidiyalari beg’araz uskuna yoki qo’shimcha o’g’it shaklida berilmoqda. Holbuki, rivojlangan davlatlarda fermerlarldan o’z hatti-harakatlarini to’la his etib yerga, suvga, umuman-atrof-muhitga minimal salbiy ta’sir etish ma’sulayitini his etishi talab etiladi. Taklifim, buni qo’rqmasdan bir kichik hududda tajriba-sinov tariqasida o’tkazib, so’ngra respublika boylab yoyish kerak. Aminmanki, shundagina biz kutilgan ijobiy natijalarga erishamiz!

Avazxon Xaydarov suhbatlashdi.