“EKOLOG” Jamoat birlashmasi taqdirlandi

“EKOLOG” Jamoat birlashmasi taqdirlandi

“EKOLOG” Jamoat birlashmasi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi tomonidan taqdirlandi

Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamkorligida “Ekologiya sohasida ijtimoiy sheriklikning imkoniyatlari” mavzusida ekologik forum o‘tkazildi.

01
05
04
06
02
03
09
07
08
01 05 04 06 02 03 09 07 08

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi a’zolari, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Kengashi vakillari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi adliya boshqarmasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan, ustavida bevosita ekologiya masalalari bilan bog‘liq maqsad va vazifalar nazarda tutilgan nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.