Rasmiy javob|36

Ondatrani o'ldirgan fuqaro javobgarlikka tortildi

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi talablari asosida huquqiy baholanib, hayvonlarga nisbatan qasddan va shafqatsiz munosabatda bo‘lish holati uchun har ikki fuqaroga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida ma’muriy jarima belgilandi.

Ondatrani o'ldirgan fuqaro javobgarlikka tortildi
Kanalimizda Andijon viloyatida yashovchi fuqaro tomonidan suvsimon kemiruvchilar oilasiga mansub andatra (muskrat) jonivoriga nisbatan shafqatsiz munosabat aks etgan videolavha e’lon qilingan edi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar natijasida mazkur qonunbuzarlik Andijon tumani Oqrovvot MFYda yashovchi, 1999-yilda tug‘ilgan I.I. hamda 1989-yilda tug‘ilgan B.N. tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, ular Zakan arig‘ini tozalash jarayonida xo‘jalikda foydalaniladigan qo‘l quroli — beshlik yordamida ondatrani tutib olgan, unga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan hamda ushbu holatni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.
Mazkur holat O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi talablari asosida huquqiy baholanib, hayvonlarga nisbatan qasddan va shafqatsiz munosabatda bo‘lish holati uchun har ikki fuqaroga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida ma’muriy jarima belgilandi.

☘️ Ekologiyaga oid so‘nggi yangiliklarni @ekologuz sahifamizda kuzatib boring. Taklif va fikrlaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!