Telegram kanalimiz orqali e’lon qilingan Samarqand shahrining Beruniy ko‘chasi, 69-uy oldidagi holat bo‘yicha ma’lumot
Telegram kanalimiz orqali e’lon qilingan Samarqand shahrining Beruniy ko‘chasi, 69-uy oldidagi holat bo‘yicha ma’lumot:
Mazkur hududdagi chiqindi tashlash shoxobchasi uzoq vaqtdan beri tozalanmay kelayotgani va chiqindi konteynerlari muntazam tozalanmaganligi sababli atrof-muhitning holati keskin yomonlashgan, chiqindilar atrofga sochilib, yoqimsiz hid va sanitariya talablariga zid vaziyat yuzaga kelgan edi.
✅ Bartarf etilishi:
Beruniy ko‘chasi, 69-uy oldidagi chiqindilar tozalandi.
“Maroqand Obod” MCHJ tomonidan chiqindilarning o‘z vaqtida tozalanishi va nazorat qilinishi ta’minlanmoqda.
🟢 Ma’lumot uchun: aholi shikoyatlari va muloqotlari natijasida tezkor va samarali choralar ko‘rildi. Atrof-muhit tozaligi har bir fuqaro uchun muhim ahamiyatga ega.