«Bizda suv tanqisligi masalasida ilmiy ishlanmalar juda kam. Chet el olimlari esa bizning mintaqada suv tanqisligi va uning oqibatlari bo‘yicha yuzlab ilmiy ishlar qilishgan» – deydi Rasul Kusherbayev.
Hozirgi o‘zbek gidrologiya ilm maktabini bu kabi vaziyat chuqur o‘ylantirishi kerak.
Oldinlari 1840-1890-yillarda ruslar bizning mintaqada suv resurslari, tog‘likdagi muzliklar, daryo va soylarning yuqori manbalari, tog‘liklarda ariq-soylar, jilg‘alar, muzliklarni qadamma qadam o‘rganishgan. Tasavvur qiling, har bir gidrologik obyektlarga ular bundan 150-200-yil oldin chiqa olishgan. Uzoq yillik ilmiy-amaliy ekspeditsiyalar amalga oshira olganlar. Abramov, Fedchenko, Seversov kabi muzlik nomlari ularning ilmiy tadqiqot ishlari ta’siridir.
Rus olimlari o‘tgan asr boshida bizning mintaqada suv bilan bog‘liq vaziyat, uning kelgusidagi prognozlari haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lganlar. Va sobiq sovet davrida suv siyosati mana shu ilmiy ekspeditsiya mahsuli asosida amalga oshirilgan.
Hozir esa mintaqaning suv resurslarini o‘rganish, tadqiq etish, pirovard suv resurslarining uzoq yillik prognozlari ustida asosan yuzlab xitoylik olimlar ilmiy ishlanmalarni amalga oshirmoqda. Ular tog‘dan oqib tushuvchi xar bir jilg‘a, muzliklar holatini masofadan zondlash, zamonaviy iqlim o‘zgarish ssenariylari asosida matematik modellashtirib, uzoq muddatli suv prognozlarini ishlab chiqmoqdalar.