Zefirka

Zefirka

Mushuk haqida hikoya.

– Bu yerda kim? – so’radi ayol.

– Bu o‘ziga xos mushuk. Uni kimdir olishi dargumon, – istamay tushuntirdi boshpana xodimi.

Ular qafasga yaqinlashdilar. Burchakda oddiy mushuk yotardi. Ayol “Zefirka” degan yozuvga qaradi. Mushuk hayratlanarli darajada o’z nomiga mos kelardi. Uning yungi  deyarli oq bo‘lsada, rangi qahvaga sut quyilganga o‘xshardi.  Zefirka qafasda xotirjam yotardi. Aftidan, u qafasi oldidan odamlarning o’tib ketishga o’rganib qolgan va o’ziga e’tibor qaratishga mutlaqo urinmasdi.

– Chiroyli, – dedi ayol, – nega uni olib ketishmaydi, deyapsiz? U kasalmi?

– U sog’lom, emlangan, sterillangan, lekin uning  o’ziga xos xususiyati bor. Zefirka qorong’ilikka dosh berolmaydi. Xodim  qafas ustida osilgan kichikchiroqni ko‘rsatdi. – Kechasi biz uni yoqib qo‘yamiz.

– Niktofobiya? Mushukda? – ayol titrab ketdi, “Bo‘lishi mumkin emas!”

«Shunday,» bosh irg’adi boshpana xodimi, «biz bu nima uchun sodir bo’lganini bilmaymiz.» Zefirkani ko’chadan  olib ketishgandi. Davolash uchun uzoq vaqt kerak bo’ldi. U shamollagan, burgaga talangan, quloq yallig‘lanishi…. Uni to‘liq davoladik. Ammo u o’ziga kela olmadi. U o’zini silashga ruxsat beardi,kunduzi xotirjam yuradi, ammo ertalab kellib, uni kurganimizda, tun bo‘yi uni birov kaltaklagandek stressda bo‘ladi.  Qorovulning Zefirkaga  rahmi kelib, uni xonasiga olib kirdi. Xonada tun bo‘yi chiroq yonib turgani uchun mushuk tinch uxladi.  Shundan so‘ng uning qafasiga chiroq osib qo‘ydik.

Ayol qafasga yaqinlashdi.

-Ochsam bo’ladimi?

– Albatta.

Ayol qo‘lini cho‘zib, mushukni silab qo‘ydi.

Zefirka ko’zlarini ochdi. U anchadan beri shu qafasda o‘tirgan edi. Bir yildan ortiq. Odamlar uning yonidan o’tib ketishardi. Ba’zan ular kelganidan keyin qo’shni qafasdagi mushuklar   g’oyib bo’lishadi. Mushuk tushunardi, demak ularga ega chiqib, mushuklarni olib ketishgan. Ularning o‘rniga yana boshqa mushuklar  paydo bo’lardi.

Bir paytlar Zefirkaning ham uyi bor edi.  Uning ismi boshqa bo‘lib, uni erkalashar, silashar, u bilan o‘ynashardi.

Keyin negadir birdan uni  qutining ichiga solib, qayoqqadir olib ketishdi.  Qutining ichi qorong‘i edi.  Keyin sovuq tushdi. U uzoq vaqt qutining ichada o’tirdi. Bu unga abadiylikdek tuyuldi. Keyin esa ochlik va suvsizlik ustunlik qildi.  U bor kuchi bilan miyovlay boshladi, qutidan chiqishga harakat qildi. Ammo buning uddasidan chiqa olmadi. So‘ng yomg‘ir yog‘di. Quti namiqib, ichiga suv to‘ldi. Ochlik, suvsizlik, qo‘rquvdan qaltiragan, charchagan mushuk nihoyat tashqariga chiqishga muvaffaq bo’ldi. O’shandan beri u qorong’ulikdan qo’rqadi.

Ayol yana mushukni silab qo‘ydi.

Ayol boshpanaga o’zi uchun mushukcha tanlash uchun kelgan edi. U yaqinda ajrashgan va bu shaharga ko’chib o’tgan edi.

Yangi joyida uning na do’stlari, na tanishlari, na qarindoshlari bor edi.

Ishdan keyin uyga kelar, ammo bo‘m-bo‘sh uy uni yutgudek bo‘lardi.  Uni kutadigan biror tirik jonzot yo‘q. Shunda u mushuk boqib olish haqida o‘yladi.   Va Internetda hayvonlar boshpanasi manzilini qidirdi.

«Men uni olib ketaman», dedi u xodimga.

– Ishonchingiz komilmi? — ishonmay so’radi u.

Ayol bosh irg’adi.

– Albatta. «U to’xtab qoldi va qo’shib qo’ydi:» Gap shundaki, Zefirka va mening muammolarimiz bir xil ekan. Men ham qorong’ulikni yoqtirmayman.  Ammo Zefirkani ertaga olib ketaman. Ungacha tayyorlanishim kerak.  Uni hech kimga bermang.

Ayol yana mushukni silab, qafasni yopdi. Va u ketdi.

Zefirka ko’zlarini yumdi. Keyin u uni ochib, qafasining atrofiga qaradi.

Demak bu ayol ham uni tanlamadi. Boshpanada yaxshi edi. Xattoki,  uning qo‘rqmasligi uchun qafasiga chiroq ham osib qo‘yishdi. Ular uni xafa qilmaydilar, erkalashadi.  Ammo bu uning uyi emas edi. Bu begona ayol uni  o’zi bilan olib ketayotganday tuyuldi … lekin u ketdi. …

Alla ismli ayol ko’chada tez yurib borardi.  Unga uy hayvonlari uchun narsalar sotadigan do’kon kerak edi!

Alla  Zefirka o’zini  uning uyida erkin  his qilishini va unga bunda  yordam berishini xohlardi. Ovqat va suv uchun idishlar, tirnoqlarini  o‘tkirlash uchun ustun, yungini tarash uchun taroq, hojati uchun  maxsus  idish va qipiq,  ho‘l va quruq mushuk ovqati… Do‘konni aylanar ekan unga divan shaklida yasalgan mushuklarning to‘shagi yoqdi. Hammasini sotib olgach, taksida mushuk sepigi uyga olib bordi.

Uy! – ehtimol u birinchi marta yangi xonadonini iliq so’z bilan chaqirdi – uning uyi!

Alla barcha sotib olingan narsalarni  yotoqxonasiga joylashtirdi.

«Umid qilamanki, Zefirkaga yoqadi!» – deb o’yladi Alla. U soatiga qaradi. Mushukni boshpanadan olishga kech bo‘lgandi.   Boshpana allaqachon yopilgan.

«Sen oxirgi kun qafasda uxlagin, ertaga o‘z uyingda, o‘z tushagingda uxlaysan», deb o‘yladi Alla hayolan Zefirkaga murojaat qilib.  «Men kecha yolg’iz edim, ertaga biz birga bo’lamiz!»

U tungi chiroqni yoqdi va qandilni o’chirdi. Alla mushuk uchun sotib olingan o’yinchoqlardan birini silab uxlab qoldi.

Ertasi kuni u katta mushuk tashishga moslangan qafas bilan  ishga kelib, hamkasblarini hayratda qoldirdi. U iloji boricha tezroq Zefirkaning yoniga borishni va uyga qaytish uchun vaqtni boy bermaslikni xohlardi.

Ishdan keyin u taksi chaqirib, boshpanaga yo‘l oldi.

– Salom, Zeyirka! Men seni olib ketgani keldim.

Zefirka qafasda boshini ko’tardi – kechagi ayol uning oldida turib, unga qo’lini uzatardi. Mushuk o‘rnidan turib, ishonmay yaqinlashdi. Alla uni ko‘tarib, ko‘kragiga bosdi.

«Boshpana ishchilari kabi qattiq  quchoqlamadi», deb o’yladi Zefirkaw. – «Uydagi , avvalgi egasi kabi ehtiyotlik bilan quchoqladi! Men haqiqatan ham uyga ketyapmanmi???»

Alla mushukni tashish qafasiga solib, hujjatlarga imzo chekdi va tashqariga chiqdi.

– Uyga! – dedi u xursandchilik bilan. – Uyga qaytamiz!

Kvartiraga kirib, Alla darhol chiroqni yoqdi. U Zefirkani tashuvchi qafasdan  chiqarib yubordi. U mushukning yangi uyi bilan tanishayotganini tomosha qildi. Keyin unga ovqat berib, to‘shakni ko‘rsatdi.

Uxlashdan oldin u tungi chiroqni yana yoqdi. Keyin tepadagi chiroqni o’chirib, joyiga yotdi. Mushukndamay kursidan uning harakatlarini kuzatardi.  Ayol uxlab qolgach, o‘tirgan joyidan sakrab tushdi.

Tungi chiroqlar xama xonalarni yoniq edi.  Bu unga yoqdi.Mushuk xonalarni aylanib chiqqach, Alla yotgan tushakning ustiga chiqib,  bekasini uzoq hidladi.  Ayoldan uyda tayyorlangan taom va qandaydir boshqa yoqimli hid kelardi. Mushuk buni mehr, ishon va g‘amxo‘rlik hidi ekanligini yaxshi bilardi.

Zefirka to’shagiga qaytmadi. U Allaning yoniga yotib, bexos xurillay boshladi…

Muallif. Valeriya Shamsutdinova