Jannatga yo’l

Jannatga yo’l

– It bilan kirish mumkinmi?
– Albatta!
– So‘rasam maylimi? Biz bir darvoza oldidan o‘tdik. U nimani darvozasi edi?
– Do’zaxning darvozasi edi. Jannatga to‘rt oyoqli do’stlarini tashlab ketmaganlargina yetib boradi… 

Bir odam vafot etdi. Uning iti egasining qabriga yotib, bir necha kundan so‘ng u ham o‘ldi. Inson va itning ruhi farishtalar ko‘magida oltin darvoza oldida turishardi. Inson darvozabondan so‘radi:
– Bu qanday joy?
– Bu jannat, siz allaqachon o’lgansiz. Endi siz ichkariga kirib, chinakam u dunyoda ko‘rmagan narsalarni tatib ko‘rishingiz, dam olishingiz mumkin.
– U yerda suv bormi?
— Xohlagancha: toza favvoralar, salqin hovuzlar…
– Ovqatchi?
– Xohlaganingizcha…
– Lekin yonimda itim bor.
«Kechirasiz, ser, itlarga ruxsat yo’q», dedi darvozabon.Uni shu yerda qoldirish kerak.
Inson uzoq o‘ylamay, darvozadan kirmay, itini yetaklaganicha yo‘lida davom etdi. Ular biroz yurishgach, ikkinchi darvoza oldidan chiqishdi. Uning yonida bir chol o‘tirardi.
– Assalomu alaykum. Kechirasiz…. Bu darvoza ortida nima bor?
– Jannat.
– It bilan kirish mumkinmi?
– Albatta!
– So‘rasam maylimi? Biz bir darvoza oldidan o‘tdik. U nimani darvozasi edi?
– Do’zaxning darvozasi edi. Jannatga to‘rt oyoqli do’stlarini tashlab ketmaganlargina yetib boradi…