Suvning muqobili yo‘q. Ammo nega uni qadrlamaymiz?

Suvning muqobili yo‘q. Ammo nega uni qadrlamaymiz?

O‘zbekistonda 1990 yillarda suvga bo‘lgan ehtiyoj 64 mlrd.kub metrni tashkil etar edi. U paytlari mamlakatimiz aholisi 20 mln bo‘lgan bo‘lsa, bugun 37 mln. aholining suvga bo‘lgan ehtiyoji ikki barobar oshgan. O‘zbekistonda hozirda 1 yilda 51 mlrd.kub metr suv sarflanmoqda va suv kamayib bormoqda. Nima qilish kerak? O‘zbekistonda suv uchun kim javobgar? Suv xo‘jaligi vazirligimi yeki AJ “O‘zsuvta’minotmi? Nega suvning narxi oshib bormoqda?
«O‘zsuvta’minot» AJ tomonidan o‘tkazilgan ochiq muloqotda aynan ana shu savolga javob izlandi. Muloqotda qatnashgan «O‘zsuvta’minot» AJ vakillari Akmal Murodov, Ravshan Yoqubjonov, Asiljon Muhiddinov, Nilufar Sapaeva, Suv xo‘jaligi vazirligining AX rahbari Shuxrat Suyunov, “Ekolog” JB rahbari Nargis Qosimova, bloger Nuriddin To‘raqulovlar yuqoridagi savollarga javob izlagan holda, bugungi kunda OAV vakillari va blogerlar tomonidan suv masalalarini yoritishda yo‘l qo‘yaetgan kamchiliklar, suv ta’minoti bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarning vazifalarini farqlash olmasliklari masalalari ham muhokama etishdi.
“O‘zsuvta’minot” AJ nima bilan shug‘ullanadi?
Uning asosiy yo‘nalishlari aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, kanalizasiya tizimini yanada yaxshilash va ichimlik suvidan oqilona foydalanish, suv ta’minoti va kanalizasiya ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, avariyalarni o‘z vaqtida bartaraf etish va boshqa ko‘zda tutilmagan xizmatlarni amalga oshirishni tashkil etish. Ayni paytda respublikada 77. 2% aholi markazlashtirilgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan, qolgan 22,8% markazlashmagan holda suvdan foydalanadi.
O‘zbekistonda suvning narxi yo‘q. Suv yetkazib berilgani uchungina haq olinadi va o‘rtacha mamlakatda 1000 litr suvning narhi 2000 so‘m atrofida. Bu xattoki 1 dona nonning narxi ham emas! Suv taqchilligiga qaramasdan dunyodagi mamlakatlar ichida O‘zbekistonda suv eng arzon hisoblanadi! Afsuslar bo‘lsinki, hanuz halqimiz “oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q” maqoliga amal qilib yashamoqda. Korxonalar, yangi qurilgan uylarning ba’zilari kanalizasiyasini ochiq suv xavzalariga tashlashadi, churilish chiqindilari daryo bo‘ylariga to‘kiladi, qushxonalar tunda barcha chiqindisini kanallarga oqizishadi, odamlar chiqindisini ariqlarga tashlaydi. Biz qachon suvga tupiradigan va suvni haqoratlaydigan xalqqa aylandik?! Suvning muqobili yo‘q va ertaga suv bo‘lmasa uning o‘rnini hech qanday suyuqlik bosa olmaydi!


O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardir:
suv resurslarini boshqarish, suvlarning hisobi, hisoboti va balansini shakllantirish, suv xo‘jaligi ob’ektlarini modernizasiyalash, rivojlantirish va qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish, suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi ob’ektlari xavfsizligini ta’minlash, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash; qishloq xo‘jaligiga suvni yetkazib berish, suv xo‘jaligi ob’ektlarini boshqarish, suvning hisobi va hisobotini yuritish, transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, xorijiy investisiyalar va texnik ko‘mak mablag‘larini jalb qilishdan iborat. Zero, bugungi kunda O‘zbekistondagi mavjud suvning 90% qishloq xo‘jaligi ehtiyojlariga sarflanadi. Faqat 4.2% ichimlik suvi sifatida ishlatiladi. Qolgan 2,3% elektr energiya ishlab chiqarishga, 1,2% baliqchilikka, 2.6 % sanoatga va qolgan 1% boshqa sohalarga sarflanadi. Ayni paytda respublikada 4,3 mln.gektar sug‘oriladigan maydon bo‘lib, shundan atigi 1,3 mln.gektar maydonda suvni tejovchi texnologiyalardn foydalaniladi.


Yer osti suvlaridan foydalanish va quduq qazishga ruxsat berish bilan O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi shug‘ullanadi. Suvlarni ifloslantirish yoki bulg‘atish, suvto‘plagich inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini buzish, shuningdek, suv ob’ektlariga oqindi suvlarni oqizishga yo‘l qo‘yish shartlari to‘g‘risidagi talablarni buzganlik holatlari bo‘yicha Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi javobgarlikka tortadi.

Mazkur tashkilotlarning vazifalari va funksiyalarini o‘rgangan holda aholiga to‘g‘ri axborot uzatish har bir jurnalist va blogerning asosiy vazifasidir.
Nargis Qosimova

 

☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo’ling
@eklguz_bot orqali biz bilan bog’laning