AQSh Elchisi Jonatan Xenk: «Bog‘lar, xuddi demokratiya kabi, rivojlantirilishi va himoya qilinishi kerak»

AQSh Elchisi Jonatan Xenk: «Bog‘lar, xuddi demokratiya kabi, rivojlantirilishi va himoya qilinishi kerak»

3 may kuni AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik AQSh mustaqilligining (bu sana — 4 iyul’, ammo diplomatik missiya uni ertaroq nishonlaydi) 248 yilligiga bag‘ishlangan marosimda nutq so‘zlab,bog‘lar va toza havoni targ‘ib qilayotgan fuqarolarning sa’y-harakatlarini olqishladi. Tadbirda bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etdi.

Har yili AQSh elchixonasidagi marosim turli mavzuda bo‘lib o‘tadi. Bu yil «AQSh milliy bog‘lari mavzusiga bag‘ishlanib, ularning birinchisi bundan 150 yildan ortiq avval tashkil etilgan».

«Har yili 330 milliondan ortiq amerikalik va chet ellik sayyoh Yosemite, Yelloustoun, Grand Kan’on va boshqa ko‘plab bog‘larimizda muhofaza etiladigan ajoyib tabiat go‘zalligidan bahramand bo‘lishadi. Darhaqiqat, yoz oylarida oilangiz bilan mashinada milliy bog‘larni ziyorat qilish maqsadida safarga otlanishdan ham ortiqroq amerikacha an’ana mavjud emas», — dedi elchi.

«Bu bog‘larni yaratish oson bo‘lmadi. Ekologlar va tabiatni muhofaza qiluvchilar yog‘och, tog‘-kon sanoati, energetika va boshqa manfaatlar borasida bahslashdilar va oxir-oqibat g‘alaba qozondilar. Natijada bizning milliy bog‘larimiz ko‘pincha Amerikaning „eng yaxshi g‘oyasi“ deya ta’riflanadi va yer ham, xuddi erkinlik kabi, qadrlanishi, himoya qilinishi hamda hamma uchun ochiq bo‘lishi kerak, degan fikrni ilgari suradi. Bu go‘zal qo‘riqxonalar nafaqat tabiat mo‘jizalarimizni saqlab qoladi, balki ular demokratiyaning ham o‘ziga xos ramzi sanaladi», dedi elchi.

P.S. Bu juda ajoyib g‘oya. O‘z navbatida butun dunyoni bog‘lar muammosiga qaratish hamdir. O‘zbekistonda ham ajoyib tabiatimizni asrab qolish uchun mazkur siyosiy usulni qo‘llashga nima deysiz?