Tibbiy chiqindilarni utilizasiya qilish va zararsizlantirish masalalari mintaqaning boshqa mamlakatlari kabi O’zbekistonda ham eng dolzarb ekologik muammolardan biri bo’lib qolmoqda.
Qanday bӯlishi kerak?
Bir qator mamlakatlar olimlari va ekologlari tibbiy chiqindilar ham aholi, ham atrof-muhit uchun yuqori epidemiologik xavf tug‘dirishini ӯtgan asrning 60-yillarida isbotlagan edilar. Aynin ӯsha paytda ular tibbiy chiqindilarni tasniflash va ularni yoqish yӯli bilan utilizasiya qilishni mashq qila boshaladilar.
“O’zbekiston Respublikasi tibbiyot muassasalarida chiqindilarni yig‘ish, saqlash va yӯq qilishning sanitariya qoydalari va normalari” (O’zbekiston Respublikasi SanPiN № 0317-15) tasnifiga kӯra, tibbiyot muassasalari chiqindilari (HCI) deganda kasalxonalarda, poliklinikalarda, dispanserlarda, tez tibbiy yordam va qon quyish stansiyalarida, uzoq muddatli tibbiy yordam muassasalarida, ilmiy-tadqiqot institutlarida va tibbiyot ta’lim muassasalarida, veterinariya shifoxonalarida, dorixonalarda, farmasevtika ishlab chiqarishida, sanitariya inshootlarida, sud-tibbiyot muassisalarida, tibbiy laboratoriyalarda va xususiy tibbiy yordam muassasalarida hosil bӯladigan barcha turdagi chiqindilar tushuniladi. Bularga inson yoki hayvon tӯqimalarining qoldiqlari, biologik suyuqliklar, tibbiy yordam vositalari, farmakologik preparatlar, bir martalik shprislar, qon quyish tizimlari, bintlar va boshqalar kiradi.
Tibbiy chiqindilar tӯrtta sinfga bӯlinadi – A, B, V, G. A sinf chiqindilari eng xavfsiz deb hisoblanadi – bular ish yuritish buyumlari, mebellar, yuqumli bemorlar bilan aloqada bӯlmagan kӯrpa-tӯshaklar, bir marta ishlatiladigan xalatlar, shaxsiy himoya vositalari (bir martalik niqoblar, uy qo’lqoplari), poyafzal qoplamalari. Qolgan uchta sinf ӯsish tartibida eng xavfli deb tasniflanadi.
B sinfi – bu infeksiya xavfi yuqori bӯlgan mikroorganizmlar bilan yuqadigan asboblar va materiallar.
V sinfi – ftiziatriya shifoxonalarining (dispanserlarning) davolash va diagnostika bӯlimlari chiqindilari, bemorlarning balg‘amlari bilan ifloslangan, sil qӯzg‘atuvchilari bilan ishlaydigan mikrobiologik laboratoriyalar chiqindilari.
G sinfiga yaroqsiz dori-darmonlar, simob ӯz ichiga olgan asboblar, ishlatilmasligi kerak bӯlgan dezinfisiyalash vositalari kiradi.
Tibbiy chiqindilarni qayta ishlashning asosiy usullari quyidagilardir: pechlar yordamida yoqish (har xil turdagi chiqindilarni yuqori haroratda boshqariladigan zararlantirish orqali chiqindi gazlarni keyinchalik tozalash tufayli utilizasiya qilish uchun qurilma),bosim ostida suv bug‘lari bilan sterilizasiya, kimyoviy dezinfeksiya, mikrotӯlqinli pechlar, ionlashtiruvchi, radioaktiv va infraqizil nurlanish bilan sterilizasiya qilish. Tibbiyot chiqindilari mufel pechlarida ham yoqiladi. Bularning barchasi davlat sanitariya xizmati tomonidan qat’iy tartibga solinadi.
Ushbu tozalash usullaridan birini qӯllaganingizdan sӯng, zararsizlantirilgan tibbiy chiqindilar mayshiy chiqindilar bilan birga poligonga, suyuq holatda esa umumiy kanalizasiyaga tashlash mumkin. Tӯg‘ri qayta ishlashni ta’minlash uchun butun rivojlangan dunyo mamlakatlarida maxsus sinovlar ӯtkaziladi.
O’zbekistonda tibbiy chiqindilarni zararsizlantirish va utilizasiya qilish “Aholining sanitariya-epidemoligik osoishtaligi tӯg‘risida”, “Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish tӯg‘risida”, “Chiqindilar tӯg‘risida”, “Atmosfera havosini muhofaza qilish” qonunlari va Ӯzbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Tibbiyot muassisalarida sanitariya-gigiena, epidemiyaga qarshi dezinfeksiya qilish rejimlariga rioya qilish” tӯg‘risidagi buyrug‘i doyrasida amalga oshiriladi.
CABAR.asia saytining ӯrganishi natijasida ma’lum bӯlishicha, mamlakatimizning kӯplab hududlarida, ayniqsa, markazdan olisda joylashgan hududlarda tibbiy chiqindilar, jumladan, xavfli chiqindilar eski usullarda, zamonaviy talablarga javob bermaydigan mufel pechlarida yoqib yuborilmoqda. Qolaversa, aholi tomonidan tashlab ketilayotgan tibbiy chiqindilarni utilizasiya qilish ustidan nazorat yӯqligi aholida tashvish uyg‘otmoqda.
Hududlarda tibbiy chiqindilarni utilizasiya qilish infratuzilmasi eskirgan
Mamlakatimizda tibbiy chiqindilarni utilizasiya qilishda jiddiy muammolar mavjudligini “Zero waste” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Sobirxon Mashrabov ham tasdiqlaydi.
“O’zbekistonda yiliga 40 tonnagacha tibbiy chiqindilar hosil bӯladi, biroq ularning utilizasiyasi sanitariya, epidemiologik va ekologik talablarga javob bermaydi”, – deydi u.
Mashrabov hatto mayshiy chiqindilarni ham yoqish tabiatga ӯta zararli ekanligini ta’kidladi.
Sobiq SSSR davrida har bir shifoxonadagi tandirlarda bint, qog‘oz, ishlatilgan paxta kabi oddiy tibbiy chiqindilar yoqib yuborilar edi. Endi tibbiyot rivojlanmoqda, chiqindilar kӯproq zararli moddalarni beradi. Bular bir martalik plastik shprislar, turniketlar va tizimlar, muddati ӯtgan dori-darmonlar va boshqalar. Ular asosan kichik mufel pechlarida yondiriladi, deydi ekspert.
“Toshkent shahri va Toshkent viloyatida chiqindilar standartlarga muvofiq olib chiqilsa, boshqa hududlarda bu borada zarur infratuzilma yaratilmagan. Ular asosan sobiq SSSR davridan qolgan kichik mufel pechlarida yoqiladi. Tibbiy chiqindilarni utilizasiya qilish yuqimli kasalliklarni oldini olish bӯlsa-da, uni mufel pechida noaniq usulda yoqish ham aholi salomatligiga, ham atrof-muhitga zarar yetkazadi”, – deydi Sobirxon Mashrabov.
Hayvon qoldiqlari va tibbiy chiqindilarni aniqlanmagan usullar bilan olib chiqish va utilizasiya qilish qoydaliga oid savollar ochiqligicha qolmoqda, dedi u.
Muxbirimiz Andijon viloyatidagi xavfli chiqindilar utilizasiya qilinadigan chiqindixonalardan birida bӯldi. Ushbu yopiq poligoni “Andijon Special Eko Trans M.Ch. J» Andijon shahridan taxminan 40 daqiqalik masofada joylashgan.
O’zbekiston hukumati notӯg‘ri utilizasiya qilish xavfini kamaytirish uchun nima qilmoqda?
O’zbekiston hukumati chiqindilarni utilizasiya qilish bilan bog‘liq muammolar, ayniqsa, xavfli muammolar muhimligini anglagan holda, o’z va xorijiy investorlarning mablag‘larini jalb qilgan holda, ushbu jarayonlarni tartibga solish bo’yicha bosqichma-bosqich ishlarni amalga oshirmoqda.
Masalan, 2023 yil 26 yanvar Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaev Toshkent viloyatining Pskent tumanida (poytaxtdan 50 km uzoqlikda) tibbiy chiqindilarni zararsizlantirish uchun poligon qurish to’g‘risidagi qarorni imzoladi. Hujjatda aytilishicha,
“Sariq belgi chiqindilar qaysi toyfaga tegishli ekanligini bildiruvchi belgidir.Chiqindi mashinasi kelganida esa ishchilar bu axlatni qolgan axlatga aralashtirib bӯlmasligini bilishadi. Keyin sariq belgisi bӯlgan bu qutini shahar tashqarisiga utilizasiya qilish uchun olib ketishadi”, – dedi shifokor.
SanPiN standartlariga muvofiq shprislar va qon quyish tizimlari ham dezinfisiyali eritma bilan namlanadi. Kun davomida tӯplagan barcha tibbiy chiqindilar mufel pechlarida yoqiladi.
Hamshira barcha tibbiyot xodimlari chiqindini utilizasiya qilishni bilishini va umuman, bu choralarga rioya qilinayotganini ta’kidladi.
Uning fikriga Andijon viloyat shifoxonasidagi hamkasbi Shaxnoza Niyozova (ismi ӯzgartirilgan) ham qӯshiladi va uning aytishicha, umuman olganda, barcha tibbiyot xodimlari tibbiy chiqindilar bilan ishlash va utilizasiya qilish qoydalarini yoddan bilishadi. Ammo tibbiyot xodimlaridan biri xato qilishi mumkin.
“ Xӯsh, ba’zida shunday vaziyatlar bӯladiki, siz juda charchaganingizda, miya sekinlashadi va bunning aksi sodir bӯladi”, dedi u.
Ayni paytda, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim ӯzgarishi vazirligining jamoatchilikka oshkor bӯlishni istamagan mutasaddilaridan biri mamlakatning aksariyat hududlaridagi mufel pechlarining deyarli yarmi standartlarga javob bermasligini aytdi.
Unga ko’ra, ular mamlakat bӯyicha 176 tibbiyot tashkilotida chiqindilarni utilizasiya qilish holatini ӯrgangan. Ma’lum bӯlishicha, ular bir kunda 9780,3 kg tibbiy chiqindilar (tizimlar, shprislar, qӯlqoplar, butilkalar, paxta momig‘i, bint va boshqalar) hosil qiladi.
“Hosil bӯlgan chiqindilarni qayta ishlash holati ӯrganilganda ma’lum bӯldiki, asosan chiqindilar mufel pechlarida yondirib yӯq qilinadi. O’rganilayotgan ob’ektlarda mufel pechlarining 52 foyzi belgilangan sanitariya-ekologik talablarga qisman javob beradi, 48 foyzi mufel pechlari talablarga javob bermaydi. Ya’ni, ular aholi gavjum joylarga yaqin qurilgan, ular havo o’tkazmaydigan, mo’rilar belgilangan balandlikdan past va hokazo”, – dedi rasmiy.
O’zbekiston hukumati notӯg‘ri utilizasiya qilish xavfini kamaytirish uchun nima qilmoqda?
O’zbekiston hukumati chiqindilarni utilizasiya qilish bilan bog‘liq muammolar, ayniqsa, xavfli muammolar muhimligini anglagan holda, o’z va xorijiy investorlarning mablag‘larini jalb qilgan holda, ushbu jarayonlarni tartibga solish bo’yicha bosqichma-bosqich ishlarni amalga oshirmoqda.
Masalan, 2023 yil 26 yanvar Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaev Toshkent viloyatining Pskent tumanida (poytaxtdan 50 km uzoqlikda) tibbiy chiqindilarni zararsizlantirish uchun poligon qurish to’g‘risidagi qarorni imzoladi. Hujjatda aytilishicha, poligon qurish uchun Guliston mahallasi hududidan qishloq xo’jaligida foydalanilmayotgan 1,5 gektar yer uchastkasi ajratilgan. Mazkur yerdan foydalanish huquqi Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga berildi.
O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemologiya osoishtaligi va aholi salomatligini muhofaza qilish qӯmitasi YuNISEF va Global jamg‘arma kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, tibbiy chiqindilarni boshqarish tizimi uchun kadrlar tayyorlash bӯyicha ish olib borayotgani haqida xabar berdi.
Ӯzbekiston ekologlarini tibbiy chiqindilarni utilizasiya qilish muammolari tashvishga solmoqda
Va shunga qaramay, tibbiy chiqindilarni saqlash va yӯq qilish bilan bog‘liq vaziyat ekologlarni xavotirga solmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Davlat ekologik ekspertiza markazi bosh eksperti Maksim Malishev CABAR.asia bilan intervyusida tibbiy chiqindilarni utilizasiya qilish muammosini tӯliq hal etish hali uzoq ekanligini va bu katta xarajatlarni talab qilishini aytdi.
Prezident qaroriga kӯra, har bir tumanda pechlar ӯrnatilishi shart. Va ular agar barcha zarur choralarga rioya qilgan holda ӯrnatilsa, u holda atrof-muhitga zarar yetkazish xavfi minimal bӯladi, deb hisoblaydi Malishev.
“Hozirda O’zbekistonda tibbiy chiqindilar SES standartlariga muvofiq utilizasiya qilishi lozim. 2023-yilda Prezident qarori bilan chiqindilarni boshqarish bo’yicha yangi loyha tashkil etilgan edi. Bu har bir mahallada amalga oshiriladi va bu bilan yirik tadbirkorlar shug‘ullanadi. Ularda kuydiruvchi pechlar bӯlishi talab qilinadi. Va bu yoqish pechlari atrof-muhitga ta’sir qilmasligi kerak. Ular barcha talablarga javob berishi lozim. Masalan, kuydiruvchi pechlar odamlar yashaydigan joylardan kamida 2 km uzoqlikda joylashgan bӯlishi kerak. Amaliyot shuni kӯrsatadiki, ularni maxsus pechlarda tӯg‘ri yoqmasa, atrof-muhitga katta zarar yetkaziladi”, – dedi u.
Ekologlar tibbiy chiqindilarning aholi tomonidan qanday utilizasiya qilishidan ham ko’proq tashvishlanmoqda.
Sobirxon Mashrabovning aytishicha, tibbiyot muassasalarida tibbiy chiqindilarni utilizasiya qilish qoydalariga amal qilinsa, aholi bilan bog‘liq vaziyat butunlay boshqacha.
“Aholi xavfli chiqindilarni utilizasiya qilishga ӯrgatilmagan. Bunday tadbirlar haqida faqat shifokorlar bilishadi. Qolaversa, mamlakatimizning aholi punktlarida bunday chiqindilarni yig‘ib va yo’q qilish uchun alohida chiqindi konteynerlari yӯq”, – dedi u.
Нима қилиш керак?
Глобал иқлим ӯзгариши ва атроф-муҳитнинг таназзулга учраши билан боғлиқ катта муаммоларни ҳисобга олган ҳолда, мутахассислар хавфли майший чиқиндиларни утилизация қилишга алоҳида эътибор қаратиш, уларни тӯғри сақлаш ва дезинфекция қилиш чораларини кучайтиришни тавсия қилмоқда.
Машрабовнинг фикрича, аҳолини хавфли чиқиндиларни тӯғри йиғиштиришга ӯргатиш лозим. У мамлакатнинг аҳоли пунктларида тиббий чиқиндиларни йиғиш учун алоҳида идишлар ӯрнатишни тавсия қилади.
Nima qilish kerak?
Global iqlim o’zgarishi va atrof-muhitning tanazzulga uchrashi bilan bog‘liq katta muammolarni hisobga olgan holda, mutaxassislar xavfli mayshiy chiqindilarni utilizasiya qilishga alohida e’tibor qaratish, ularni tӯg‘ri saqlash va dezinfeksiya qilish choralarini kuchaytirishni tavsiya qilmoqda.
Mashrabovning fikricha, aholini xavfli chiqindilarni tӯg‘ri yig‘ishtirishga ӯrgatish lozim. U mamlakatning aholi punktlarida tibbiy chiqindilarni yig‘ish uchun alohida idishlar ӯrnatishni tavsiya qiladi.
Ekspertning fikricha, tibbiyot, farmasevtika va veterinariya chiqindilarini tashish, saqlash, qayta ishlash va utilizasiya qilish tizimini xalqaro talablar asosida tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy bazani ishlab chiqarish zarur.
Ekologlarning ishonishicha, davolash-profilaktika va ijtimoiy xavfsizlikni hisobga olgan holda ularning boshqaruv tizimini isloh qilish zarur; inson salomatligi va atrof-muhitga salbiy ta’sir kӯrsatishning oldini olish maqsadida tibbiyot va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tibbiy chiqindilarni yig‘ish, saqlash, tashish, qayta ishlash va utilizasiya qilishning samarali va zamonaviy tizimini yaratish kerak.
Ular poligonlarga yuboriladigan tibbiy chiqindilar miqdorini kamaytirish, tibbiy chiqindilarni tashish, saqlash, qayta ishlash va utilizasiya qilish bilan bog‘liq jarayonlarda davlat-xususiy sheriklik amaliyotiga alohida e’tibor qaratish, bu jarayonlarda yangi texnologiyalarni qo’llashni taklif qilmoqda.
Diyora Qosimova
Manba Ӯзбекистонда тиббий чиқиндиларни утилизация қилиш муаммолари – CABAR.asia