Buxoro viloyat ekologiya boshqarmasi boshlig’i Jamol Nosirov, Kogon shahar hokimi Hayot Davlatov bilan birgalikda Kogon shahrida joylashgan uysiz hayvonlarni vaqtincha saqlash markazi faoliyatini o’rganibdi.
Mutasaddilar o’rganish davomida, u yerda saqlanayotgan hayvonlarning salomatligi hamda ularga yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishgan.
Markazning mas’ul xodimlariga bino atrofini tartibga keltirish, obodonchilik ishlarini olib borish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berishgan. Bu haqida Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ayni paytda mazkur markazda 102 ta uysiz itlar saqlanadi. Barcha itlar har bir oyda bir marotaba maxsus veterinar ko‘rigidan o‘tkazilib turiladi, maqsad kasalliklarni oldini olib borishdir.
P/S: Viloyat ekologiya boshqarmasi rahbari va shahar hokimi ko’ngilli yoshlarning ushbu maskanga ko’magini ta’minlash borasida ham amaliy yordamlar ko’rsatishsa yaxshi bo’lar edi.