Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida joylashgan stomatologiyalardan biri o‘zi ishlatgan tibbiyot chiqindilarini ko‘chaga chiqarib tashlash holatlari kuzatilmoqda. Fuqarolar ushbu harakatning noto‘g‘riligini ma’muriyatga tushuntirishga harakat qilishgan, ammo klinika vakillari chiqindilarni olib ketish bo‘yicha shartnomalari mavjudligini ta’kidlab, ularni kechasi to‘planishi va shu paytgacha ko‘chada saqlanishi mumkinligini aytishgan.
Shu bilan birga, fuqarolar maxsus idish o‘rnatib, chiqindilarni ko‘chaga tashlamaslik taklifini bildirgan. Ular ushbu chiqindilarni kimdir titkalab, turli kasalliklarni tarqatishi mumkinligi haqida jiddiy xavotirda.
Mazkur holat yuzasidan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Qashqadaryo viloyati boshqarmasidan javob kutib qolamiz.
☘️Atrof-muhitga oid soʻnggi yangiliklarni @ekologuz saytida oʻqing. Bizga obuna bo’ling va taklif va tilaklaringizni @eklguz_bot orqali yuboring!