Qarshi shahridagi ekologik muammoga e’tibor qaratilaylik!

Qarshi shahridagi ekologik muammoga e’tibor qaratilaylik!

Biz, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrining tinch aholisi, og‘ir ekologik muammoga duch kelyapmiz. Qarshi shahrining qoq markazida — «Sokin Plaza» mehmonxonasiga ro‘parada joylashgan Normurod akaga tegishli gisht zavodi yillar davomida biz va atrof-muhitni zaharlash bilan band.

Zavod dudburonsiz, qonun talablariga zid ravishda ishlamoqda. Buning oqibatida zaharli gazlar:

▪️ Gofur Gulom, Gungon, Shilvi, Qat mahallasi aholisining nafas olishini qiyinlashtirmoqda;
▪️ O‘simliklar qurib ketmoqda;
▪️ Bolalar, keksalar va barcha aholining sog‘lig‘iga katta tahdid solmoqda.

Qarshi shahar Ekologiya qo‘mitasi mutasaddilari bu muammoni ko‘rmaslikka oldinib, chora ko‘rmayapti. Korrupsiya botqog‘iga botgan idorami yoki befarqlik oqibatimi — biz tushunmay qoldik!

Biz mas’ul tashkilotlardan, jamoatchilikdan va OAVdan yordam so‘raymiz. Aholining sog‘lig‘i ustidan biznes qilinayotganiga befarq bo‘lmang!