Toshbaqalarining noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi

Toshbaqalarining noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi

Bojxona organlari tomonidan mamlakatimizdan hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarining noqonuniy olib chiqilishiga tizimli ravishda qarshi kurash olib borilmoqda.

“Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining “Farg‘ona” chegara bojxona posti xodimlari DXX Chegera qo‘shinlari xodimlari bilan hamkorlikda post orqali qo‘shni davlatga harakatlanayotgan “Damas” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, avtotransport vositasining salonida konteynerda hayvonlarni tashish qoidalariga zid ravishda joylangan tegishli hujjatlari bo‘lmagan 83 dona toshbaqalar borligi aniqlandi”- deya xabar berdi Farg’ona viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati.

Ular ko‘zdan kechirilganida “Qizil kitobi”ga kamayib borayotgan tur sifatida kiritilgani va 5 donasi noto‘g‘ri tashilganligi sababli zararlanganligi ma’lum bo’ldi. Sud qarori chiqquncha ular vaqtincha hayvonot bog‘iga topshirildi.