«Borsa-Kelmas» trakti bo‘ylab 42 km: amerikalik ultramarafonchi jahon hamjamiyatining e’tiborini Orol dengizi fojiasiga qaratmoqda.
Sportchi Andrey Kulikov va ultramarafonchi Din Karnasis Qurigan Orol dengizi tubi va «Barsa-Kelmes» darasi bo‘ylab deyarli 42 km 195 m masofa yugurishdi. Poyga Orol dengizidan 60 km uzoqlikda joylashgan qurib qolgan Barsa-Kelmes traktida bo‘lib o‘tdi.
Marafondan ko‘zlangan maqsad jahon hamjamiyatining e’tiborini Orol dengizi ekologik fojiasiga jalb qilish, shuningdek, 19–23 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasining 2023-yilgi sessiyasida dolzarb global ekologik muammolarga bag‘ishlangan muhokamalarni qo‘llab-quvvatlash va kuchaytirishdan iborat, – deyiladi xabarda.
Orol dengizida o‘tkazilgan marafonning maqsadi mintaqadagi ekologik vaziyatga jahaon hamjamiyatining e’tiborini qaratishdir. Bu yil sport tadbiriga dunyoga mashhur amerikalik ultramarafonchi Din Karnasis qo‘shildi. U marafon olamidagi yutuqlari, jumladan, 2005-yilda uyqusiz 80 soat 44 daqiqada 350 mil (560 km) masofani bosib o‘tgani bilan mashhur.