Instagram ijtimoiy tarmog‘ida Akramjon ismli fuqaro tomonidan itlarni muntazam ravishda janga qo‘yib kelinayotgani haqida ma’lumot mavjud.
O‘zbekistonda itlar jangi qonun bilan qat’iyan taqiqlangan bo‘lib, hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik sifatida baholanadi. Itlarni urishtirish, bunday janglarni tashkil etish, ularda qatnashish yoki targ‘ib qilish amaldagi qonunchilikka zid hisoblanadi va buning uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik belgilangan.
Davlat hayvonlarni himoya qilish tamoyillariga asoslanib, ularga ataylab azob yetkazish, zo‘ravonlik qilish yoki tomosha vositasiga aylantirishga yo‘l qo‘ymaydi. Shu sababli itlar jangiga aloqador har qanday faoliyat huquqbuzarlik sifatida baholanadi va qonunchilikda belgilangan choralar ko‘riladi.
Instagram ijtimoiy tarmog‘ida Akramjon ismli fuqaro tomonidan itlarni muntazam ravishda janga qo‘yib kelinayotgani haqida ma’lumot mavjud. Mazkur fuqaroning yashash manzili bizga ma’lum emas, biroq uning telefon raqami ma’lum: +998 94 041 20 20. Shu munosabat bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlardan ushbu shaxsning harakatlariga huquqiy baho berishlarini so‘raymiz.