Eko huquq|23

“Aqlli shahar” da’vosiga zid manzara: Urganch markaziy bog‘i nega qarovsiz?

Shahar aholisi bu borada norozilik bildiradi. Ularning aytishicha, hokimiyat vakillari markaziy hududlarning achinarli ahvolidan xabardor bo‘lsa-da, muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmayapti.

“Aqlli shahar” da’vosiga zid manzara: Urganch markaziy bog‘i nega qarovsiz?
Chiqindiga to‘lib ketgan, tashlandiq holga kelgan ushbu hudud — Urganch shahridagi markaziy istirohat bog‘laridan biridir. Avvalroq rasmiy bayonotlarda Urganch O‘zbekistondagi ilk “aqlli shahar” bo‘lishi ta’kidlangan edi. Quyidagi suratlar esa shahar markazida 29-dekabr kuni olingan.
Ko‘rib turganimizdek, real holat balandparvoz bayonotlarga mutlaqo mos kelmaydi. Xo‘sh, mas’ullar “smart city” deganda aynan qanday shaharni nazarda tutmoqda?
Shahar aholisi bu borada norozilik bildiradi. Ularning aytishicha, hokimiyat vakillari markaziy hududlarning achinarli ahvolidan xabardor bo‘lsa-da, muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmayapti.

— Shahar markazidagi bunday vayron holat hammaga ma’lum. Ammo mas’ullar bunga ko‘z yumayotgandek, — deydi mahalliy aholi vakillari.