Chumchuqlarni O‘zbekiston qizil kitobiga kiritish kerak!

Chumchuqlarni O‘zbekiston qizil kitobiga kiritish kerak!

Toshkentdagi «Arbatcafe»da yovvoyi kaptar va chumchuqlardan taom tayyorlab sotishar ekan.

Kafega chumchuq va kaptarlarni kim ovlab keltiradi, yoki o‘zlari ovlashadimi? Bu kafeda yana qanday jonivorlarning go‘shtlaridan taom tayyorlashadi? O‘ylaymizki yaqin kunlarda savollarimizga javob topamiz.

Bizga murojaat yo‘llagan kuzatuvchimiz «Chumchuqlar qizil kitobga kiritilganmi? Odamzotidek vahshiy bo’lmasa kerak. Yer yuzidagi barcha narsani isrof qilib, ovlab yeb tugatadi, chumchuqlarni shundoq ham sariq tumshuqlar yegani yetmaganday tadbirkorlar ham yeb bitiryapti ekan», deydi.

Haqiqatdan ham chumchuqlarni shaharlarda uchratish qiyin. Oldinlari tez-tez uchratish mumkin edi. Balkim ularni ham O‘zbekiston Qizil Kitobiga kiritish vaqti kelgandir?

Tegishli tashkilotlardan holat yuzasidan munosabat kutib qolamiz.