Kitob tumanida nimalar bo‘lmoqda?

Kitob tumanida nimalar bo‘lmoqda?

Kitob tumanidagi suv idorasi hovlisida archalar juda go‘zal o‘sib, atrofga ko‘rk berib turardi. Yo‘l chetida daraxtdan tozalashgani yetmaganday, archalarniyam bitta qo‘ymay «qirishibdi».

«Mashina ichida bo‘lganim uchun suratga ololmadim.To‘rt yil avval tuman markazini chinorlardan «tozalashgandi». Qashqadaryo viloyatida EKOLOGIYA BOSHQARMASI mutlaqo ishlamaydi. Ishlaganda, Kitobda bo‘layotgan ishlarga befarq qarab turmasdi. Qaytanga bular bu ishlarni legallashtirib beradi.Bugun shu daraxtlarni kesayotganlar ertaga pashsha uchmaydigan adirda qurigan archani ushlab, «Yashil makon» deb rasmga tushadi. Shu daraxt kesilayotgan joydan bir necha yuz metr uzoqlikda tuman tibbiyot birlashmasi bor. Ichi kasallarga to‘la. Ekologiyasi buzilgan, qonunsizlik avj olgan, «doriga o‘tirgan» joyda ahvol shu bo‘ladi», deydi murojaatchi.

Qachongacha daraxtkushliklar davom etadi Qashqadaryoda?