Fargʻona shahridagi daraxtlar xavf ostida!

Fargʻona shahridagi daraxtlar xavf ostida!

Fargʻona shahridagi Mustaqillik va Bobur koʻchalarida joylashgan bogʻdagi daraxtlar xavf ostida.

Xabar berishlaricha yuqoridagi nomi qayd etilgan koʻchalarda joylashgan bogʻdagi daraxtlarni tadbirkorlar kesib tashlab qurilish qilishmoqchi ekan.

“Quruvchilar atrofni oʻrab olmagan, lekin boʻr yordamida chegara qilib olishgan. Biz daraxtlardan xavotirdamiz”, deydi murojaatchimiz.

Holat yuzasidan Fargʻona viloyat ekologiya boshqarmasidan rasmiy munosabat kutib qolamiz.

📍Manzil: Геопозиция