Huquqbuzar 3 400 000 so’m jarima to’laydi

Huquqbuzar 3 400 000 so’m jarima to’laydi

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Ohangaron tumani bo’limi Davlat inspektorlari tomonidan nazorat tadbirlari o’tkazilgan.

Tadbir davomida fuqaro D.S. tomonidan hech qanday ruxsatnomasiz maxsus setka yordamida sava sayroqi qushlarini ovlayotganligi holati aniqlangan. Yuqoridagi holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtK ning 90-moddasi,1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar 3 400 000 so’m jarima to’laydi.

Huquqbuzar ovlagan sava qushlari voqea joyida tabiat qo’yniga qo’yib yuborildi. Bu haqida viloyat ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.