Betonlab ketilgan daraxtning tag qismi ochildi

Betonlab ketilgan daraxtning tag qismi ochildi

Chilonzor tumanida betonlab ketilgan daraxtning tag qismi yumshatilib, agrotexnik ishlov berish ishlari amalga oshirildi

ekolog.uz veb saytining Telegram messenjeridagi sahifasida, «Toshkent shahridagi G‘afur G‘ulom istirohat bog‘i, bilan tutash kafe oldida oʻsib turgan daraxtning atrofini qurilish paytida berkitib tashlashgan» mazmunida e’lon qilingan murojaat yuzasidan munosabat.

Toshkent shahar, Chilonzor tumani, G‘afur G‘ulom istirohat bog‘i yaqinida betonlab ketilgan daraxtning tag qismini ochish bo’yicha Chilonzor tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi bo’limi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda o’rganish ishlari olib borildi.

Olib borilgan ishlar davomida, ushbu hududga mas’ul bo’lgan tashkilot xodimlari tomonidan betonlab ketilgan daraxtning tag qismi yumshatilib, agrotexnik ishlov berish ishlari ham amalga oshirildi.