Xorazmda 81 tup daraxt kesgan fermer xo‘jaligi rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Xorazmda 81 tup daraxt kesgan fermer xo‘jaligi rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Xorazm viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, viloyat huquqni muhofaza qilish organlari  hamda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyat hududida qimmatli va kam qimmatli daraxtlarni kesilishi hamda shikastlantirilishi bilan bog‘liq holatlarni aniqlashga qaratilgan nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

 

 Shunday nazorat tadbirlari davomida Xorazm viloyati, Gurlan tumanida joylashgan «X.O.» fermer xo‘jaligi rahbari N.X. tomonidan 81 tup tabiiy holda o‘suvchi, biologik sog‘lom turang‘ili daraxtlari noqonuniy kesilganligi aniqlangan. Daraxtlarning kesilishi natijasida tabiatga 618,1 mln. so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan «X.O.» fermer xo‘jaligi rahbari N.X ga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Feruzbek Sayfullayev