Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasi faoliyati tekshirildi. Bu haiqda Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Tekshirish davomida IESda atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli moddalar belgilangan meʼyorlarga nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi. Shu bilan birga, chang-gaz tozalash uskunalari talabga javob bermasligi, samaradorlik 80 foizga tushib ketganligi maʼlum boʻldi.
Holat boʻyicha atmosfera havosini ifloslantirganlik uchun 887 million, sanoat chiqindilarini belgilanmagan joyga joylashtirganlik uchun 116 million, jami 1 milliard 3 million soʻm kompensatsiya toʻlovlari hisoblandi.
Bundan tashqari, tegishli hujjatlar IESdagi 11 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar koʻrish yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.
Shuningdek, atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish maqsadida chang gaz tozalash uskunalarining ishlash samaradorligini oshirish boʻyicha kechiktirib boʻlmas chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Feruzbek Sayfullayev