Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti («Green University»)ning anjumanlar zalida BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi ishtirokchilarining 28-konferensiyasidan keyingi Markaziy Osiyo davlatlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Markaziy Osiyoning 5 davlatidan ekologiya sohasidagi davlat organlari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus rahbarlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy doiralar vakillari, ekologiya faollari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari vaziri Aziz Abduhakimov kirish so‘zi bilan ochib, mamlakatimiz hukumati tomonidan sohaga katta e’tibor qaratilayotgani, buning natijasida ekologiya sohasi tubdan o‘zgarib borayotganini ta’kidladi. Shuningdek, bu boradagi huquqiy erkinlik va barqarorlik, har bir inson uchun qulay muhit yaratish yangi Konstitutsiyada mustahkamlanganligini qayd etdi.
Feruzbek Sayfullayev