Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi tezkor ekologik nazorat guruhi inspektorlari tomonidan O‘rta Chirchiq tumani O‘rtabo‘z MFY hududida joylashgan Toshkent suv omborida noqonuniy ravishda 340 dona daryo qisqichbaqasini ovlayotgan holat aniqlandi.
Inspektorlar tomonidan tezkorlik bilan holatga aniqlik kiritilib, huquqbuzarlikni Nurafshon shahri Hurriyat MFYda yashovchi 1968-yilda tug‘ilgan fuqaro M.X.tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 90-moddasi, 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarida jarima chorasi qo‘llanildi. Daryo qisqichbaqasi Toshkent suv omboriga qo‘yib yuborildi.
Bu haqda bizga Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.