Isroilning Tel-Aviv–Yafo shahrida daraxtlar va o‘simliklarni muhofaza qilishga juda jiddiy e’tibor qaratiladi. Shahar ko‘chalaridagi yashil hududlarni saqlash bilan birga, daraxtlarni parvarish qilish va sug‘orish uchun ham zamonaviy tizimlar, jumladan, tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan keng foydalaniladi.