331 dona kaptar qushini ovlagan ovchi ushlandi

331 dona kaptar qushini ovlagan ovchi ushlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Nazorat qilish inspeksiyasi va Nukus shahar bo‘limi, IIVning YPX xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi nazorat reyd tadbirlari olib borildi.

Reyd tadbiri davomida Taxtako‘pir tumanida yashovchi fuqaro Q.N tomonidan noqonuniy ravishda Nukus shahridagi «Nawriz» MFY hududidan noqonuniy ravishda 331 dona kaptar qushini ovlagani aniqlandi.

Bu haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ovlangan kaptarlarning go’shtlari tekshiruvdan o’tkazilib Nukusdagi xususiy hayvonot bog‘idagi go’shtxo’r qushlar va hayvonlarga berilgan.

 

Fuqaroga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tabiatga 56 270 000 so‘m zarar hisoblanib, tegishli hujjatlar to‘planib Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga yuborilmoqda.

Feruzbek Sayfullayev