O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 2-martda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo sifatida tan olingan. Joriy yil mamlakatimiz BMTga a’zo bo‘lganiga 30-yil to‘ldi. BMTning rivojlanish sohasidagi global tarmog‘i bo‘lgan BMTTD mamlakatimizda samarali faoliyat olib bormoqda. BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska xonim bilan bugungi kunda nufuzli tashkilot tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ekologik loyihalar hamda mamlakatimizning ekologik siyosati haqida suhbatlashdik.

- Muhtaram Dimovska xonim, butun dunyo 5-iyun Butunjahon atrof- muhitni muhofaza qilish kunini nishonladi. Aytingchi, shaxsan siz uchun bu kun nimani anglatadi?
- Mazkur kun bu yil O‘zbekistondagi atrof- muhitni muhofaza qilish harakati va ko‘plab hamkorlarimiz, va eng muhimi bolalar bilan birgalikda nishonlanligidan behad xursandman. Bu dunyo bo‘ylab nishonlanadigan eng muhim kunlaridan biridir. Fikrimcha, barchamiz nafaqat bu sanani nishonlashimiz, balki uning doirasida qilayotgan ishlarimizni yoritib borishimiz kerak. Bu juda muhimdir, chunki bu yilgi sana “Yagona Zamin” mavzusiga bag‘ishlangan. Bu bizni yana bir bor, tabiatni asrashga, iqlim o‘zgarishiga qarshi va atrof- muhitning ifloslanishiga qarshi choralar ko‘rishga undaydi.
Bu kun mana 50 yildan buyon dunyo bo‘ylab nishonlab kelinmoqda. Bu yilgi sana juda muhim ramziy ma’noga ega, chunki atrof-muhit bo‘yicha birinchi xalqaro konferensiya o‘tkazilganiga 50 yil to‘ldi. O‘shanda dunyo atrof-muhitning ayanchli ahvolga kelib qolganligini anglab, bu haqda baralla gapira boshladi. Bu ilk konferensiya Stokgolmda “Bizning yagona sayyoramiz” shiori ostida o‘tkazilgan. Bu shior hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan, shu bois u bu yilgi kampaniyaning ham shiori sifatida “Yer sayyoramiz yagona” tanlangan. Agar biz dunyo saqlanib qolishini va odamlar kelajakda katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lmasligini istasak, nafaqat jamoaviy ravishda, balki individual darajada harakat qilishimiz talab qilinadi. Olimlar bizlarni tinimsiz ogohlantirayotgan bugungi kunda bularning barchasi o‘ta muhimdir. Olimlar, masalan, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini ma’lum darajada yumshatish uchun bor-yog‘i 10 yil vaqtimiz qolgani haqida bong urishmoqda.
- Tashakkur. Sizga yana bir savol bilan murojaat qilmoqchi edim. Aytingchi, bugun BMTTD O‘zbekistonda atrof-muhit bilan bog‘liq qaysi loyihalar ustida ish olib bormoqda va ulardan qaysilari aynan O‘zbekiston uchun eng samarali loyihalar hisoblanadi?
- Ma’lumki, BMTTD 130 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi. O‘zbekistonda biz biologik xilma-xillik, tabiiy resurslarni boshqarish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash va boshqa sohalarda keng ko‘lamli tadbirlarni amalga oshirib kelmoqdamiz. BMTTD O‘zbekistonda 1993 yildan, ya’ni qariyib 30 yildan beri, faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgi paytda atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq masalalar asosiy diqqat markazimizda bo‘lib, bu mavzular, loyihalarning soni va ularga ajratilayotgan mablag‘lar nuqtayi nazaridan faoliyatimizning katta qismini tashkil etayotir. Biroq eng muhimi, bu bizlar ustida uzoq vaqtdan beri ish olib borayotgan mavzulardir, ya’ni O‘zbekiston ehtiyojlari va muammolari, rivojlanish bilan bilan bog‘liq bo‘lgan mavzulardir. Asosiy e’tiborimizni belgilashda barqaror rivojlanish maqsadlaridan, xususan, atrof-muhit bilan bog‘liq maqsadlardan kelib chiqamiz.,
Iqtisodiy islohotlar tobora jadal sur’at olar ekan, atrof-muhit va iqlim bilan bog‘liq mavzularni tegishli ravishda aks ettirilishning ahamiyati ortib bormoqda, chunki busiz hech qanday iqtisodiy islohot natija keltirmaydi. Shuning uchun biz asosiy e’tiborimizni tabiiy resurslardan foydalanish va ularni asrash, xususan, biologik xilma-xillik, o‘zgarishlarga milliy darajada moslashish va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatishni qo‘llab-quvvatlash kabi mavzularga e’tiborni qaratmoqdamiz.
Men shulardan faqat ayrimlarini tilga olib o‘tmoqchiman. Bular jumlasiga Orolbo‘yi mintaqasida olib borayotgan butun faoliyatimiz kiradi. Bu yerda biz atrof-muhit bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim maummolarni tirikchilik vositalari bilan ta’minlash masalasi bilan bog‘lagan holda hal qilishga urinmoqdamiz. Shuningdek biz qor qoplonining o‘ta muhim bo‘lgan turlaridan birini saqlab qolish, xamda“yashil iqtisodiyot” siyosatini shakllantirishda O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ulkan va muhim ishlarni olib bormoqdamiz.
- Hozirgina siz BMTTD O‘zbekiston aholisiga iqlim o‘zgarishlariga moslashuv borasida ko‘mak berayotganini tilga olib o‘tdingiz. Biz shuningdek, o‘tgan yil noyabr oyida Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konferensiyaning 26-sessiyasi (COP-26) bo‘lib o‘tganini bilamiz. BMTTD bugungi kunda O‘zbekiston aholisini iqlim o‘zgarishiga moslashtirish borasida o‘z oldiga qanday vazifalarni qo‘ymoqda?
-Bilasizmi, biz nafaqat COP- 26 anjumanini yaqindan kuzatib bordik, balki biz hukumat va turli muassasalar, jumladan, O‘zgidromet, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan COP- 26 ga tayyorgarlik ko‘rish doirasida, ayniqsa yordam berish borasida, hukumat tomonidan majburiyatlar to‘g‘risidagi asoslangan qaror qabul qilinishi borasida ish olib bordik. Biz Parij kelishuvi doirasida O‘zbekiston tomonidan belgilangan milliy miqyosda belgilanadigan hissasiga oid ikkinchi ta’rifini qo‘llab-quvvatlaganimizdan g‘ururlanamiz va gaz emissiyasi bo‘yicha majburiyat 300 foizga oshganidan mamnunmiz, bu juda yaxshi natijadir. Biz qator tadbirlarda qatnashdik, ammo sizning savolingiz ham muhim, chunki oldimizda bir qator savollar paydo bo‘ldiki, u ham bo‘lsa: “Bu yog‘iga nima qilish kerak?”, endi “O‘zbekiston uchun nimalar ustuvor ahamiyatga ega?” degan savollardir. Shunday qilib, biz hamkorlarimiz bilan bir qancha tahlillar va maslahatlashuvlar o‘tkazdik. Tabiiy, barcha davlatlar, hususan, iqlim o‘zgarishiga moslashishni kuchaytirish zarurati dolzarb bo‘lgan O‘zbekistonga ham savollar berilgan. Shu sababli, biz zudlik bilan hukumatni tarmoqlar va mintaqalar darajasida milliy moslashuv rejalarini shakllantirish borasida qo‘llab-quvvatlashga kirishdik. Biz qishloq xo‘jaligi, suv, sog‘liqni saqlash, qurilish va favqulodda vaziyatlarni boshqarish kabi beshta asosiy sohani qo‘llab-quvvatlaymiz. Ushbu tarmoqlar moslashishuv borasida katta salohiyatga ega bo‘lgan sohalar hisoblanadi. Bundan tashqari, mintaqaviy moslashish rejasiga ega bo‘lgan uchta maqsadli hudud mavjud, ular jumlasiga barcha bilgan sabablarga ko‘ra Buxoro, Qoraqalpog‘iston va Xorazm kiradi. Glazgoda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mamlakatlar o‘z zimmalariga o‘rmonlarning yo‘qolishi jarayonini ma’lum darajada ortga qaytarish maqsadida o‘rmonlashtirish borasidagi tashabbuslarini kengaytirishni va’da qilishgan. O‘zbekiston esa ana shu mamlakatlardan biridir. Shunda “Yashil makon” tashabbusi bizning diqqatimizni o‘ziga jalb qildi va bu soha biz hukumatni qo‘llab-quvvatlaydigan sohalardan biridir. Bulardan tashqari, boshqa ko‘plab masalalar mavjud. Misol uchun, mamlakatlar tomonidan karbonat angidridning tashlanishining qisqartirilishi va uning savdosini yo‘lga qo‘yishning ahamiyati masalasi. Bu masala ham COP- 26 da ko‘rib chiqilgan mavzulardan biridir. Shunday ekan, O‘zbekiston ham uglerod bozorining a’zosiga aylanmoqda desak, adashmagan bo‘lamiz. Uglerod savdosi mexanizmi o‘ta muhim ahamiyatga ega, biz ana shu yo‘nalishda ishlashga umid qilamiz, shuningdek, hukumatni shu va boshqa ko‘plab masalalarda qo‘llab-quvvatlash rejamiz bor. Fikrimcha, kelajakda, hozir, COP- 26 dan so‘ng, masalaning mohiyati majburiyatlarni bajarishga borib taqaladi. Majburiyatlarni amalga oshirish juda keng qamrovli ish bo‘lib, bu butun hukumatning ishidir, biz o‘z vakolatimiz doirasidagi sohalarga e’tibor qaratamiz va bular men sizga aytib o‘tganlarimdan ayrimlari xolos. Biz shuningdek, ko‘plab boshqa sohalarda ham hamkorlik qilamiz. Misol uchun, biz ustida ishlayotgan “Yashil o‘sish” yoki yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi. Bu BMTTD rivojlanish jarayonidagi ishtirokchilaridan faqat bittasi bo‘lgan qo‘shma tashabbusdir.
- Shu haftada “Stokgolm +50” konferensiyasi o‘tkazildi. Barchamizga ma’lumki, BMTTD konferensiya o‘tkazilishi arafasida milliy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Ayni shu tadbirlar haqida ma’lumot berib o‘tsangiz.
-Ha. Oldinroq aytib o‘tganimdek, 1972-yilda BMTning inson muhiti muammolari bo‘yicha birinchi konferensiyasi bo‘lib o‘tgan edi. Bugun anjumanning 50-yilligini nishonlash uchun dunyo hamjamiyati vakillari yig‘ilishdi. Albatta, bundan maqsad nafaqat bu sanani nishonlash, balki tadbirda qilingan da’vatlar va natijalarini birgalikda, shuningdek, men hozirgina aytganimdek, hatto individual darajada mustahkamlash va tasdiqlashdan iborat. Ushbu konferensiya Shvesiya hukumati tomonidan yana Stokgolmda o‘tkaziladi. Keniya hukumati ham anjumanni o‘tkazishga ko‘maklashmoqda. Biz bu suhbatni olib borayotgan ayni damda qator liderlar yig‘inda ishtirok etish taraddudida yoki unda ishtirok etishmoqda. Ushbu konferensiya barcha davlatlar, xususan, O‘zbekiston uchun ham mamlakatning atrof-muhit bilan bog‘liq holati, iqlim o‘zgarishi va uning rivojlanish sohasidagi oqibatlari bo‘yicha o‘z qarashlarinii, tajribasini ifodalash, shuningdek, o‘z zimmasiga majburiyatlarni olish va harakatlar bo‘yicha ba’zi tavsiyalarni taqdim etish imkoniyatidir. Shu bois BMTTDga Shvesiya hukumati ko‘magida konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rish doirasida qator mamlakatlarda bir qator milliy maslahatlashuvlar tashkil etish taklifi bilan murojaat qilindi. Bu davlatlar qatoriga O‘zbekiston ham kiritilganligi bizlarni quvontirdi. O‘tgan bir necha oy davomida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, O‘zgidromet, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, kabi hamkorlarimiz bilan birgalikda qator maslahatlashuvlar tashkil etdik. Biz diqqat e’tiborimizni bir nechta mavzuga qaratdik: “Yashil o‘sish (yoki Yashil o‘tish strategiyasi)”, “Orolbo‘yi mintaqasining barqaror rivojlanishi”, “Milliy miqyosda belgilangan hissalar va iqlim o‘zgarishiga moslashuv” hamda “Tabiiy resurslarni barqaror boshqarish” mavzularidir. Shunday qilib, tadbirlarda nafaqat hukumatlar, balki ilmiy doiralar, fuqarolik jamiyati va jamoatchilik guruhlari vakillari, boringki jamiyatning barcha doiralari vakillari ishtirok etdi. Mavzularning har biri yanada chuqurroq ko‘rib chiqildi. Kelib tushgan bir qator tavsiyalarni umumlashtirib, ayni damda Stokgolmda bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasiga topshirdik. O‘zbekiston ulardan liderlar muloqoti doirasida o‘z tajribasini taqdim etganda, so‘nggi bir necha yil ichida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi uchun kelajak sarmoyalari va, albatta, duch kelayotgan qiyinchiliklar haqida hikoya qilaganda foydalanishiga ishonamiz.
-Rahmat. Sizga oxirgi savollarimdan birini bermoqchiman. Ma’lumki, O‘zbekiston barqaror rivojlanishning 14-maqsadi, ya’ni “Dengiz ekotizimlarini asrash” dan tashqari, qolgan barcha maqsadlariga qo‘shildi. Ushbu maqsadlar bugungi kunda muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqdami? Shu haqda qanday fikrdasiz?
-Myen O‘zbekistonning barqaror rivojlanish maqsadlariga sodiq ekanligini qayd etib o‘tmoqchiman. O‘zbekiston hukumati barqaror rivojlanish maqsadlariga bu qadar kuchli qiziqish va sadoqatni namoyish etayotgan kam sonli davlatlardan biri bo‘lib, bularning barchasi shunchaki og‘izda olingan majburiyatlar emasligi amalda yaqqol ko‘rinib turibdi. Amalda ko‘rilayotgan qator choralar ham so‘zlarimga asos bo‘la oladi. Atrof-muhit bilan bog‘liq barqaror rivojlanish maqsadlari haqida gapiradigan bo‘lsak, ha, O‘zbekiston ularning ba’zilarida muvaffaqiyatga erishgan, boshqalarida esa natijalar yaxshilanishi uchun ish olib borilyapti. Masalan, O‘zbekiston “O‘rmon va yo‘qotishlarni tiklash” yo‘nalishi bo‘yicha yaxshi natijalarga erishmoqda “Suv resurslari va oqava suvlarni tozalash” yoki “Havo sifati” maqsadlariga kelsak, bu sohalarda hali ancha ishlar qilinishi lozim.
Endilikda bu BMTTDning va ko‘plab boshqalarning kelgusidagi manfaatlari predmetiga aylangan. Men 2020-yilda BMT EIK va BMT Atrof-muhit dasturidagi hamkasblarimiz tomonidan o‘tkazilgan ekologik samaradorlik tahlilining muhim o‘rinni urg‘ulab o‘tmochiman. Unda O‘zbekistonda ekologik ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun nimalar qilish kerakligiga oid yuzga yaqin juda aniq tavsiyalar ishlab chiqilgan. Bu juda muhim hujjat, juda keng va chuqur tahlil.
Nihoyat, uchinchi jihat shundaki, hukumat buni juda jiddiy qabul qildi va rasmiylar uni nafaqat taqdim etishdi va jarayon davomida bu xususdagi mulohazalarni qo‘llab quvvatlashdi, men bunda hukumat harakat rejasi va ushbu tahlilda keltirilgan tavsiyalarga qanday reaksiya bildirish kerakligiga oid yo‘l xaritasi bilan kelganligini nazarda tutyapman. Shuning o‘zi yetarlimi? Bu yetarli emas. Bizga ko‘proq reaksiya kerakmi? Albatta kerak.
Masalan, OTBdagi hamkasblarimiz O‘zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishining oldini olish ishlariga ajratilayotgan mablag‘lar juda kamligini ta’kidlashmoqda. O‘tgan davr mobaynida bu harajatlar ortib bordi, lekin ular hamon juda past. Ular keltirayotgan ko‘rsatkichga ko‘ra, YAIM ning 0,05 foizi ana shu maqsadlarga sarflanadi. BMTTD sifatida biz ham muxokamada ishtirok etmoqdamiz va menimcha, hukumat hozir buni atrof-muhitni muhofaza qilish usullaridan biri sifatida, iqtisodiy o‘sishga ekologik hissalarning pul qiymatini joriy etish sifatida qabul qilmoqda.
-Batafsil javoblaringiz va ajratgan vaqtingiz uchun minnatdormiz.
Nargis Qosimova suhbatlashdi