Eko muammo|5

SERGEY SAMOYLOV: “Noqonuniy daraxtlar kesilishining oldini olish uchun nazoratni kuchaytirish lozim”

Bugun ekologik muammolar haqida juda ham ko‘p gapirilmoqda. Bu tabiiy. Zero, har birimizning hayotimiz, sog‘lig‘imiz, farovon turmushimiz bevosita atrof-muhitning tozaligi, sofligiga bog‘liq. Bugungi kunda tabiat va aholi salomatligini muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda qonun hujjatlarining ahamiyati katta. Davlat ekologik siyosatining muvaffaqiyatli olib borilishi qonunchilik hujjatlarining holati va takomillashtirilishiga bevosita bog‘liq. Shunday ekan, ekologik qonunchilikni bosqichma-bosqich va tizimli takomillashtirib borish davlatning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Suhbatdoshimiz, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zosi Sergey Vladimirovich Samoylov bilan O‘zbekistonda ekologiya sohasida qonunchilikning yangilanishi, bugungi kundagi mavjud ekologik muammolar haqida suhbatlashdik.

SERGEY SAMOYLOV: “Noqonuniy daraxtlar kesilishining oldini olish uchun nazoratni kuchaytirish lozim”


— Sergey Vladimirovich, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasida bevosita ekologik yo‘nalishdagi qanday qonun hujjatlari ko‘rib chiqilmoqda? Atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq ba’zi bir qonunlar, xususan suv va suvdan foydalanishga yo‘naltirilgan qonun hujjatlari bugungi kunda ma’nan eskirdi, ularni yangilash, bugungi vaziyatdan kelib chiqqan holda qo‘shimchalar kiritish davr talabidir. Shunday emasmi?

— Ekoharakat deputatlar guruhi qo‘yilgan qonunchilik kvotasiga muvofiq ekologik qonunchilikni takomillashtirish borasida faol ishlashmoqda. Bugunga kelib Ekoharakat deputatlar guruhi tashabbusi bilan ekologik sohada 12 ta yangi qonun qabul qilindi, yana 8 tasi ustida ish olib borilayotir. Shulardan 1 tasi yangi qonun, 7 tasi esa mavjud qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishdir. Xususan, yangi “Qayta tiklanadigan quvvat manbalari to me’yorida”gi qonun ustida ish olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 5-mayda PQ-2343-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2015–2019-yillarda iqtisodiyot va ijtimoiy sohaga elektr quvvatini tejovchi texnologiyalarni kiritish, elektr quvvatini tejash borasidagi Dasturga muvofiq yuqorida tilga olingan qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Deputatlarning tashabbuskor guruhi tomonidan qo‘shimcha ravishda Braziliya, Kanada, Yaponiya va Xitoyda qayta tiklanadigan elektr manbalarining huquqiy maqomi va ularni qo‘llab-quvvatlashning qonuniy reglamentatsiyasi o‘rganib chiqildi. Jahon tajribasiga muvofiq tushuncha aparati, qayta tiklanadigan elektr manbalarining turlarini tavsiflash va aniqlash borasidagi masalalar ko‘rildi. Shuningdek, O‘zbekistonda qayta tiklanadigan elektr manbalari borasida to‘plangan tajriba, yutuq va kamchiliklar ham e’tibordan chetda qolmadi. Ayni paytda qonun loyihasi O‘zR Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga birinchi o me’yorida o‘qishga kiritish uchun tayyorlanmoqda.

Shu bilan birgalikda yana 7 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Bular O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi, “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi (yangi tahrirda), “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi (yangi tahrirda), “O‘rmon to‘g‘risida”gi (yangi tahrirda), “Turizm to‘g‘risida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza etish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, “O‘simlik dunyosini muhofaza etish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlari qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Ekoharakat deputatlari guruhi ijro hokimiyati, prokuratura, ichki ishlar va joylardagi boshqa tashkilotlarning atrof-muhit muhofazasi, sog‘liqni saqlash, kommunal xizmatlar ko‘rsatish va boshqa masalalarga doir faoliyatini joylarda ko‘rib chiqib, bir qator zudlik bilan hal qilinishi uchun davlat, hududiy dasturlar qabul qilinishi va ularni bartaraf etish bo‘yicha davlat me’yorida budjetidan mablag‘ ajratilishi bilan birga zarur choralar ko‘rinishi lozim bo‘lgan muammolarni aniqladi. Xususan:

  • yangi qurilayotgan shahar tipidagi posyolkalar hamda mavjud turar joylarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan yuqori samaraga ega bo‘lgan, suvni tozalash texnologiyalariga asoslangan markazlashtirilgan kanalizatsiyani qurish;

  • yangi tipidagi suvni tayyorlovchi va uni xavfsizligini ta’minlab beruvchi markazlashtirilgan ichimlik suvi tizimini qurish;

  • qattiq maishiy chiqindilarni ajratish va qayta ishlash, biogas qurilmalari mavjud uchastkalariga ega bo‘lgan poligonlar qurish;

  • chiqindini qayta ishlash korxonalarini qurish zarur.

— Sergey Vladimirovich, aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Aynan shu yo‘nalishda qonun hujjatlariga biror o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqdami?

— Albatta, dunyoning global isishi, iqlim o‘zgarishi, suvdan o‘ta isfrosgarchilik bilan foydalanish oqibatida insoniyat mazkur muammoga duch keldi. Suv tanqisligi esa asosan Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan yurtimizda sezilayotir. Shu sababli aynan obi-hayot bilan bog‘liq qonunchilik albatta takomillashgan bo‘lishi zarur va unda nafaqat milliy darajadagi muammolarni, balki global, hududiy masalalar ham o‘z aksini topmog‘i zarur:

  • tabiiy-iqlim o‘zgarishlari (ekologik omil);

  • yer va suvning atrof-muhit komponenti sifatidagi roli (ekologik-geografik va iqtisodiy omil);

  • mazkur obyektlardan qat’iy xalqaro bosim ostidagi bozor munosabatlari sharoitida foydalanish (ijtimoiy-iqtisodiy omil);

  • jahon inqirozi saboqlari (moliyaviy omil) va hokazo.

Qonunning 47-“Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish va suv iste’moli” deb nomlangan moddasiga muvofiq, qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish va suv iste’moli qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari, tashkilotlarining, fermer va dehqon xo‘jaliklarining, shuningdek fuqarolarning sug‘oriladigan yerlarida qulay suv rejimini vujudga keltirish maqsida amalga oshiriladi.

Suv obyektlaridan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish limit bo‘yicha suvdan foydalanish yoki suv iste’molining belgilangan tartibiga rioya etgan holda suvdan umumiy va maxsus foydalanish yoki suvni umumiy va maxsus iste’mol qilish tartibida amalga oshiriladi. Fermer va dehqon xo‘jaliklarining suv olish limitlari ularning roziligisiz o‘zgartirilishi mumkin emas, manbalarning suvi kamaygan hollar bundan mustasno. Ammo amalda suvdan foydalanishda aksariyat holatlarda belgilangan limit chetlab o‘tiladi. Masalan, fermer xo‘jaliklarida uy hayvonlarini sug‘orish uchun qurilgan inshootlarda belgilangan limitga rioya etilmaydi. Hanuz har bir fermer xo‘jaligi uchun ajratiladigan limit va suvdan foydalanganligi uchun real summa belgilanmagan. Bundan tashqari, suvning xo‘jalik dalalariga birinchi yoki ikkinchi, uchinchi bo‘lib borishi masalasi ham ochiq. Hozir 2-chi va 3-chi bo‘lib suv olayotgan fermerlar birinchi bo‘lib suv olgan hamkasbi bilan teng haq to me’yorida to‘laydi. Limitga ko‘ra dala va bog‘larni sug‘orishga 3 kun ajratiladi, ammo suvning notekis tushishi oqibatida ba’zi bir fermerlar o‘z yerlarini to‘liq sug‘ora olmay qolishadi. Shu sababli ushbu xususiyatlarni inobatga olgan holda suvga haq to‘lash masalasini ko‘rib chiqish zarur.

Bundan tashqari, nazorat-tahlil faoliyat doirasida Jizzax viloyati misolida aholini markazlashgan holda suv bilan ta’minlanish holati o‘rganib chiqildi. “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning me’yor va holatlarining amalda bajarilishi to‘g‘risida parlament eshituvi kutilmoqda. Maqsad — suvdan foydalanish borasida parlament nazoratini kuchaytirish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan aholini boxabar etish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qarorlar qabul qilishdir. Shu bilan birgalikda “Aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati” mavzusida “davra suhbati”ni o‘tkazish. Yuqorida qayd etilgan barcha choralar “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishda foydalaniladi.

— Suv — bu obi-hayotdir. Bugungi kunda oqava suvlar Salar aeratsiya inshootida tozalangach, qishloq xo‘jaligiga foydalanish uchun yo‘naltiriladi. Ammo ular aerostansiyada masalan turli xil bo‘yoqlardan 100 foiz tozalanmasligini e’tiborga olsak, aholi sog‘lig‘i uchun ma’lum darajada xavf tug‘ilmaydimi?

— Haqiqatdan ham suv — inson hayoti omilidir. Aytish joizki, Toshkent shahar oqava suvlari tozalash inshootlari maishiy va kanalizatsiya suvlarini tozalashga mo‘ljallangan bo‘lib, ular kanalizatsiya quvurlari orqali 94% oqava va 2% ishlab chiqarishning chiqindi suvlari va qolgan 2% turli xil ko‘ngilochar hududlardagi suv havzalari va drenaj suvlar poytaxtimizdagi mavjud “Salar”, “Bo‘zsuv” aeratsiya va “Bektemir” tozalash inshootlariga kelib tushib, u yerda tozalanadi. Tozalangan suv qishloq xo‘jaligida foydalaniladi. Bugungi kunda mazkur masala yuzasidan bir qancha hukumat qarorlari qabul qilingan. Masalan, aholiga toza ichimlik suvini yetkazib berish choralarini yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.11.2012-yildagi “O‘zbekiston Respublikasining 2013—2015-yillarga mo‘ljallangan suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini kompleks tarzda yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 337-son qarori qabul qilinib, unga ko‘ra:

  • 2020-yilga kelib shahar va shahar tipidagi turar joylarda istiqomat qiladigan aholini kanalizatsiya xizmatlari bilan ta’minlashni 70%ga yetkazish;

  • zamonaviy texnologiyalar asosida kanalizatsion tarmoqlarni qurish va rekonstruksiya qilish;

  • kanalizatsiya tizimini kompleks ravishda rivojlantirishga xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb etish ko‘zda tutilgan edi.

Shu bilan birgalikda O‘zR VMning 03.02.2015-yildagi 19-sonli “Aholi punktlarida davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga ichimlik suv ta’minotini va oqova suv xizmatini yaxshilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan:

  1. aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va suvdan foydalanish bo‘yicha Maxsus respublika komissiyasini tuzish;

  2. suv bilan ta’minlanish va oqava suvlarni chiqarib tashlash bo‘yicha respublikadagi inshootlar holatini inventarizatsiyadan o‘tkazish;

  3. aholi punktlarining bosh rejasiga muvofiq viloyatlarda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimini rivojlantirish;

  4. suv bilan ta’minlash tizimi asosida nazoratni kuchaytirish uchun doimo yangilanib turadigan elektron bazani tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birgalikda Toshkent viloyati aholisi va xo‘jalik subyektlarini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida O‘zR Prezidenti tomonidan 2017-yil 3-martda 2812-sonli “Toshkent viloyati shahar va tumanlarini suv va kanalizatsiya bilan ta’minlash tizimini qurish va rekonstruksiya qilish” loyihasini Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Aytish joizki, o‘tgan vaqt davomida yurtimizda aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, so‘nggi 6 yil ichida 13 ming km.ga yaqin suv quvurlari yotqizilib, 1,6 ming suv chiqarish quduqlari, 1,4 ming suv minoralari va rezervuarlari qurilib, mavjudlari rekonstruksiya qilindi. Natijada toza ichimlik suvidan mosuvo bo‘lgan ko‘plab aholi yashash punktlari zamonaviy sifat talabiga javob beradigan toza ichimlik suviga ega bo‘lishdi. Shu bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlarida hanuz yechimini kutayotgan qator muammolar mavjud. Mazkur muammolarni bartaraf etish uchun Yurtboshimiz tomonidan 2017-yil 20-apreldagi “2017-2021-yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida”gi Prezident qarori qishloq joylarda aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, yangi ichimlik suvi bilan ta’minlash inshootlari va kanalizatsiya tizimini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish, ichimlik suvi ta’minotiga yangi axborot texnologiyalarini joriy etish, ichimlik suvini ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirish va hokazolarni nazarda tutgan. Shuningdek, mazkur hujjatga binoan 2017–2021-yillarda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi qabul qilinib, Moliya vazirligi huzurida “Toza suv” jamg‘armasini tashkil etish belgilab qo‘yildi. Qarorga muvofiq Dastur doirasida amalga oshiriladigan barcha loyiha-tadqiqot, qurish va rekonstruksiya qilish ishlari 2022-yil 1-yanvarga qadar barcha bojxona to me’yorida to‘lovlaridan ozod etilishi belgilandi.

— Sergey Vladimirovich, bugungi kunda nafaqat Toshkent shahri, balki respublikamiz aholisini yozning jazirama kunlarida soya berib turgan, shuningdek bebaho kislorod manbai bo‘lgan voyaga yetgan daraxtlar, xususan chinorlarning ko‘plab kesilish holati tashvishga solmoqda. Ekoharakat deputatlar guruhi mazkur muammoning yechimini nimalarda ko‘radi?

— Aytish joizki, 1 gektar aralash daraxtlardan iborat maydon bir yilda 3 tonna kislorod ishlab chiqarib, 54 tonna chang va 5 tonna $CO_2$ ni yutadi. Bugungi kunda poytaxtimizning yashil maydonlarini yangilanish jarayoni ketmoqda. Agar tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1966-yildagi zilziladan so‘ng qayta tiklash ishlarida Toshkent shahrining o‘pkasi hisoblangan yashil xalqani barpo etish maqsadida chinor daraxtlari ko‘chatlari ekilgan edi. Bugun ham shu ishlar amalga oshirilmoqda. Ammo shaharning kengayishi natijasida yashil hududlarni yangilashga to‘g‘ri kelyapti. Bundan tashqari, har bir daraxtning o‘ziga yarasha yashash muddatini ham inobatga olish zarur. Masalan, terak o‘rtacha 30–35 yil umr ko‘radi, chinor daraxti esa 40 yildan ziyod yashaydi. Shuningdek, ko‘pchilik chinor va sharqiy platanni chalkashtiradi. Sharqiy platan asrlar davomida yashaydi. Chinor esa sharqiy platan va klyon chatishmasidan hosil qilingan. Chinorlarning aksariyati shaharning yer osti kommunikatsiya tizimi ustidan ekilgan. Aslida ular ustidan 1–2 yillik butasimon o me’yorida o‘simliklar ekilishi lozim edi. Ammo bu talablarga rioya etilmaganligi sababli mazkur muammolar kelib chiqmoqda. Masalan, kanalizatsiya tizimi har 20 yilda yangilanishi zarur. Albatta uni ochish uchun yer ustidagi daraxt va butalar olib tashlanadi. Bundan tashqari, Toshkent shahrini rivojlantirish Bosh rejasi mavjud. Unga ko‘ra, shahar hududida atmosferaning ifloslanishi darajasiga qarab daraxtlar ekish ilmiy ravishda asoslangan holda ko‘zda tutilgan. Chunki turli xil o‘simlik turlari turlicha vazifani bajaradi. Masalan, yo‘lovchi yo‘laklari bo‘ylab “tirik devor” hosil qiladigan butalar o‘stirilardi va ular transport shovqini, changning oldini olardi. Hozir esa ularning yangi turlari yetishtirilmoqda. Ammo afsuski, noqonuniy daraxtlarni kesish hali ham kuzatilmoqda va bugungi kunda bu borada nazoratni kuchaytirish lozim.

— Ekologlarning fikricha, daraxt bargining hajmi qanchalik katta bo‘lsa, u shunchalik ko‘p changni ushlab qoladi. Ammo biz poytaxtimiz va viloyat markazlarida aynan ana shunday daraxtlarni kesib, o‘rniga igna barglilarning ekilishini kuzatmoqdamiz. Bu to‘g‘rimi?

— To‘g‘ri, igna bargli daraxtlarni chinor, qayrag‘och o‘rniga ekilishining sababi, ular ko‘proq kislorod ishlab chiqaradi. Yaproq hajmiga keladigan bo‘lsak, archalarning barcha barglarining umumiy hajmining maydoni har qanday yirik yaproqli daraxtlardan kattadir. Albatta, Qrim sosnasi zarur soyani bermaydi, ammo bu vazifani kashtan bajaradi. Shu sababli ularni rejalashtirilgan holda ekish zarur. Bundan tashqari, obodonlashtirish xizmati daraxt barglarini yuvib tursa, ularning chang yutish va kislorod chiqarish holati kuchayadi. Bundan tashqari, daraxtlarni butashda ham mavsumga qarab, ularning hayotiy faoliyati inobatga olingan holda amalga oshirilishi zarur. Ammo biz aksariyat holatlarda yozning qoq o‘rtasida ham ko me’yorida ko‘karib turgan daraxtlarni butash holatiga duch kelamiz. Bu ishlarni amalga oshirishda shahar obodonlashtirish ma’muriyati qat’iy belgilangan normativ talablari asosida ish ko‘rishi lozim.

Nargis QOSIMOVA suhbatlashdi