Murojaatda mazkur holat daraxtlarni muhofaza qilişga oid ekologik talablar va qonunçilik ijrosi yuzasidan savollar tuğdirayotgani qayd etilgan. Murojaatçi daraxtlarni kesiş yoki boşqa joyga köçirib ötqaziş belgilangan tartib va tegişli ruxsatlar asosida amalga oşirilişi lozimligini ta’kidlab, Qaşqadaryo viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi hamda uning Qarşi tumani bölimi faoliyatiga nisbatan ham e’tiroz bildirgan. Şuningdek, murojaatda Qarşi tumanida avval ekilgani aytilgan 2 mingdan ortiq daraxtning oradan bir neça oy ötib yöq qilingani haqidagi holat ham eslatilgan. Murojaatçining fikriça, uşbu vaziyat yuzasidan berilgan rasmiy izohlar yetarli bölmagan. Bundan taşqari, ekologiya sohasidagi mutaxassislar faoliyati hamda rahbar kadrlarni tanlaş va tayinlaş masalalari kötarilgan. Murojaatçi mas’ul taşkilotlardan daraxtlarning yöq qilinişi bilan boğliq holatlarni örganiş, tegişli hujjatlarni tekşiriş va qonunbuzilişlar aniqlangan taqdirda aybdorlarga nisbatan qonuniy çoralar körişni söramoqda. Hozirça murojaatda keltirilgan vajlar yuzasidan rasmiy tekşiruv natijalari ma’lum qilinmagan. Mazkur holatlarga huquqiy baho beriş vakolatli organlar tomonidan tekşiruv ötkazilişini talab etadi.