Bunday yondaşuvda quşlarni asraşdan köra, ulardan kelajakda yana foydalaniş manfaati ustun turadi. Ammo urğoçi quşlarni qöyib yuborişning özi tabiatni muhofaza qiliş uçun yetarli emas. Quşlarning tabiiy populyatsiyasiga ularni tutiş, yaşaş joylarining qisqarişi va boşqa ekologik omillar ham ta’sir körsatadi. Quşlar tabiat muvozanatini saqlaşda muhim örin tutadi. Ular ayrim haşarotlar sonini tartibga soliş, uruğlarni tarqatiş va ekotizimning barqarorligiga hissa qöşadi. Şu bois sayroqi quşlarni faqat inson uçun foydali yoki yoqimli bölgani sababli emas, balki tabiatning ajralmas qismi sifatida qadrlaş lozim. Haqiqatan ham quşlar taqdiriga befarq bölmagan inson ularni erkak yoki urğoçiligiga qarab ajratmaydi. Ularning qafasda emas, tabiiy muhitida erkin yaşaşini istaydi. Quşlarni muhofaza qiliş esa ularni tutmaslik, yaşaş joylarini asraş va tabiatga zarar yetkazadigan harakatlarning oldini olişdan boşlanadi. Quşlarning vazifasi insonning könglini ovlaş yoki qafasini töldiriş emas. Ularning haqiqiy maskani — tabiat, osmon esa ularning erkinligidir.