Guvohning sözlariga köra, bir neça kişi itni majburan avtomobil yukxonasiga joylaştirişga uringan. Bunda hayvonga tepişgan, böynidagi böyinboğini qattiq tortib, zanjiridan sudraşgan. Oqibatda it böğila boşlaganiga qaramay, bor kuçi bilan qarşilik körsatgan, ingrab, yordam söragandek nigoh taşlagan.
Şuningdek, itning ikkala orqa son qismida kuyiş yoki sançiliş izlariga öxşaş jarohatlar borligi qayd etilgan. Guvohning ta’kidlaşiça, hayvon juda ozib ketgan va avval ham zöravonlikka uçragan bölişi mumkin.
Xabarda avtomobilning davlat raqami harbiy raqam ekanligi ham aytilgan. Bu holat yuzasidan haydovçi va avtomobildagi şaxslarning harakatlariga huquqiy baho berilişi muhim.
Voqea joyi: Navoiy şahri, Navoiy-27 köçasi, svetofor va piyodalar ötiş joyi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) boşqarmasi yaqinida.
Mazkur holat vakolatli taşkilotlar tomonidan örganilib, hayvonga nisbatan ehtimoliy şafqatsiz munosabat yuzasidan qonuniy çora körilişiga umid qilamiz.


