Yiğilişning asosiy masalalaridan biri "Toza havo" umummilliy loyihasini amalga oşiriş böldi. Iştirokçilarga sanoat korxonalari va avtotransport vositalaridan çiqadigan taşlamalarni qisqartiriş, uskunalarni modernizatsiya qiliş hamda çang miqdorini kamaytiriş böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Xususan, respublika böyiça 126 ta korxonada uskunalar töliq modernizatsiya qilindi, 5 500 ta yengli filtr almaştirildi. Toşkent şahridagi 554 ta korxonada 1159 ta çang-gaz tozalaş uskunasi örnatildi. 2,2 milliondan ortiq avtotransport vositasiga ekologik stikerlar berildi. Şuningdek, kökalamzorlaştiriş, ariqlar tarmoğini tiklaş va yöllarni muntazam namlaş işlari davom ettirilmoqda.

Bioxilma-xillikni asraş va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantiriş masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Ma’lumotlarga köra, Özbekistonda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydoni 2017-yilda mamlakat hududining 4,64 foizini taşkil etgan bölsa, 2026-yilga kelib 15,7 foizga yetdi. Bugungi kunda ularning umumiy maydoni 7 million gektardan oşgan. Şuningdek, tabiatni muhofaza qiliş nazorati, xalqaro hamkorlik va ekologik turizmni rivojlantiriş borasidagi natijalar ham muhokama qilindi.

Ovçilik xöjaliklari va ekohududlarni rivojlantiriş böyiça taqdim etilgan hisobotda qayd etilişiça, tegişli departament tarkibiga umumiy maydoni qariyb 3,9 million gektar bölgan 10 ta davlat örmon-ovçilik xöjaligi kiradi. Hisobot davrida 283 ta tezkor reyd tadbiri ötkazilgan. Bundan taşqari, Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 5943 boş yörğa tuvaloq tabiiy yaşaş muhitiga qöyib yuborilgan. Soha faoliyatini "Hunteruzb" platformasi orqali raqamlaştiriş işlari ham davom etmoqda.

Örmonlar va yaşil hududlar maydonini kengaytiriş, çöllanişga qarşi kuraşiş borasidagi işlar natijalari ham taqdim etildi. 2026-yilning töqqiz oyi davomida yangi örmonzorlar barpo etiş va mavjudlarini tiklaş işlari 199 ming gektar maydonda amalga oşirildi. "Yaşil makon" umummilliy loyihasi doirasida esa 81,4 million tup daraxt va buta köçatlari ekildi. Bu belgilangan rejaning 108 foizini taşkil etdi.

Xalqaro investitsiyalarni jalb qiliş va qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, Surxondaryo viloyatida 3,5 ming gektar maydonda pista plantatsiyalari taşkil etildi. Şuningdek, 50 ming gektar maydonda örmonzorlar barpo etiş böyiça memorandum imzolangani qayd etildi.

Yiğilişning yakuniy qismida Jamoatçilik kengaşi a’zolari taqdim etilgan ma’ruzalarni muhokama qilib, özlarini qiziqtirgan savollar va takliflarni bildirdilar. Şuningdek, belgilangan yönalişlardagi işlarni yanada takomillaştiriş böyiça tavsiyalar körib çiqildi.

Jamoatçilik kengaşi faoliyati davlat organlari, ekspertlar hamjamiyati va jamoatçilik örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, şuningdek, mamlakat ekologik siyosatini amalga oşirişda jamoatçilik iştirokining samaradorligini oşirişga qaratilgan.