Tadbirda Örmon agentligi direktor örinbosari Ğolibjon Qurbonov, Janubiy Koreyaning Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor elçisi Von Do Yon, Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Abduşukur Hamzayev, KOICA ekspertlari, tegişli taşkilotlar va mahalliy hokimlik vakillari iştirok etdi.

Toşkent ixtisoslaştirilgan davlat örmon xöjaligining Döngqörğon bölimida barpo etilgan majmua umumiy 7 gektar maydonni egallaydi. Bu yerda 14 ta zamonaviy smart issiqxona taşkil etilgan bölib, ular avtomatlaştirilgan boşqaruv va içki iqlimni doimiy monitoring qiliş tizimlari bilan jihozlangan.

Mazkur texnologiyalar yordamida mahalliy iqlim şaroitiga mos sifatli daraxt va buta köçatlarini yetiştiriş, suv resurslarini tejaş hamda işlab çiqariş jarayonida qöl mehnatini kamaytiriş imkoniyati yaratiladi. Köçatlarning maxsus konteynerlarda yetiştirilişi esa ularni, ayniqsa, toğli hududlarga taşiş va ekişni osonlaştiradi.

2024–2028-yillarga möljallangan loyihaning umumiy qiymati 7,7 million AQŞ dollarini taşkil etadi. Loyiha doirasida köçat yetiştiriş, payvandlaş va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etiş böyiça öquv-seminarlar ham taşkil etilmoqda.

Yangi köçatxonalar kelgusida örmon xöjaliklarini sifatli köçatlar bilan ta’minlaş, respublika hududlarida yaşil maydonlarni kengaytiriş, örmonlarni barpo etiş va qayta tiklaş, şuningdek, qurğoqçil hududlarda çöllanişning oldini olişga xizmat qiladi.

Ma’lumot uçun: Örmon agentligi tasarrufidagi örmon xöjaliklari tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida örmonçilik va kökalamzorlaştiriş işlari uçun 1 100 tonna daraxt va buta uruğlari jamğarilgan. Şuningdek, 1 035 gektar maydonda mahalliy tuproq-iqlim şaroitlariga mos 101,6 million tup nihol va köçatlar parvariş qilinmoqda.