Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi hududning ekologik qiyofasini yanada yaxshilash, yashil hududlar maydonini kengaytirish, shahar ekologiyasini yaxshilash hamda atrof-muhit musaffoligini asrashga hissa qo‘shishdan iborat.

Tadbirda Yakkasaroy tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Nurbek Shamsiyev, Oliy Majlis deputati Xodjayeva Moxira Mirzaxmadovna, “Ecopartners Group” kompaniyasi direktori Milana Yunusova, “Yakkasaroy Yoshlari” volontyorlar guruhi a’zolari hamda maktab jamoasi vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida o‘quvchilar ko‘chat ekish jarayonida bevosita qatnashib, yashil makonlarni ko‘paytirish va tabiatni asrash borasidagi tashabbusga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Bunday amaliy tadbirlar yoshlarning ekologik bilimlarini mustahkamlash bilan birga, ularda tabiatga mehr, atrof-muhitga daxldorlik va mas’uliyat hissini shakllantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayniqsa, yosh avlodning bunday tashabbuslarga jalb etilishi ularga ekologik muammolarni shunchaki kuzatish emas, balki ularni hal etishda faol ishtirok etish zarurligini amalda ko‘rsatadi.
Zero, bugun ekilgan har bir ko‘chat kelajakda hududning yashil qiyofasini boyitish, havoni tozalash va shahar ekologik muvozanatini saqlashga xizmat qiladi.

Ekologik madaniyat — bu shunchaki shior emas, balki har bir insonning kundalik hayotidagi mas’uliyatli munosabati va amaliy harakatlarida namoyon bo‘ladigan qadriyatdir.