Archa ko’chatlari quridi. Chora ko’riladimi?

Archa ko’chatlari quridi. Chora ko’riladimi?

Farg’ona viloyat Buvayda tumani Bumozor MFY dan murojaat qilyapmiz.

2023 yil bahor mavsumida mahalliy hokimyat tomonidan Bumozor qishlog’idagi mahalliy avtomobil yo’l qirg’oga yashil makon umum milliy loyihasi doirasida jami 6 tup 5 -yoshli archa ko’chatlari ekilib, ular Bumozor MFY raisi va hudud profilaktika inspektori tomonidan boshqa joyga ko’chirilgandi.

Ammo ular o’z holiga tashlab qo‘yilib, sug’orish va parvarishlash ishlarini olib bormaganligi sababli archa ko’chatlari qurib, qo‘porib tashlandi.

Bu bo’yicha qonunchilik belgilangan tartibda chora ko’rish bormi?

Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasidan munosabat kutib qolamiz.