Bioxilma-xillik|53

O‘zbekiston tabiati himoyada: minglab gektar yerlar milliy bog‘larga aylantirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi 109-son qaroriga muvofiq, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti muassisligida 3 ta yangi milliy tabiat bog‘i tashkil etildi, yana birining hududi sezilarli darajada kengaytirildi, bu haqida Ekologiya va iqlim o'zgarishi milliy qo'mitasi xabar berdi.

O‘zbekiston tabiati himoyada: minglab gektar yerlar milliy bog‘larga aylantirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi 109-son qaroriga muvofiq, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti muassisligida 3 ta yangi milliy tabiat bog‘i tashkil etildi, yana birining hududi sezilarli darajada kengaytirildi, bu haqida Ekologiya milliy qo'mitasi xabar berdi.

Xususan, Toshkent viloyatida “Ovjazsoy – Moviy tog‘lar” va “Piskom”, Farg‘ona viloyatida esa “Farg‘ona” milliy tabiat bog‘lari jami 188,8 ming gektar maydonda barpo etildi. Shu bilan birga, Namangan viloyatidagi “Pop” milliy tabiat bog‘ining hududi 10 ming gektardan 135,3 ming gektarga kengaytirildi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda mamlakatda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekotizimlarni asrash hamda muhofaza etiladigan hududlarni kengaytirish yo‘nalishida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2025–2026-yillar davomida 10 ta muhofaza etiladigan tabiiy hududning yer maydoni kengaytirilib, noyob flora va fauna turlarini saqlab qolish imkoniyatlari mustahkamlandi.

Yangi tashkil etilgan va kengaytirilgan hududlar doirasida Piskom va Qurama tog‘ tizmalari hududida 27 turdagi noyob, 7 turdagi endemik hayvonlar, shuningdek, O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 40 turdagi o‘simliklar muhofazaga olinadi. Farg‘ona vodiysida esa yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan 24 turdagi hayvonlar va muhim tabiat yodgorliklarini asrash ko‘zda tutilgan.

Natijada, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar soni 24 tadan 27 taga yetdi. 2026-yil 30-mart holatiga ko‘ra, ularning umumiy maydoni mamlakat hududining 15,7 foizini tashkil etmoqda.

Shuningdek, sohani rivojlantirish doirasida muhim ijtimoiy va institutsional choralar ham ko‘rilmoqda. Jumladan, 2025-yilgi qarorga muvofiq, 2026-yil 1-iyuldan boshlab muhofaza etiladigan tabiiy hududlar xodimlarining ish haqi 3 baravargacha oshiriladi. Bundan tashqari, xodimlarga maxsus unvon va farqlash belgilarini berish tartibi joriy etilgan.

Qo‘riqlash faoliyatini kuchaytirish maqsadida 2025-yil davomida 400 dan ortiq texnika va maxsus jihozlar yetkazib berildi. 2026-yilda esa “Biomeros” umummilliy loyihasi doirasida ushbu hududlarning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash rejalashtirilgan.

Ko‘rilayotgan choralar natijasida muhofaza etiladigan hududlarda biologik xilma-xillikni tiklash va asrash borasida ijobiy natijalarga erishilmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda ko‘plab noyob hayvon turlarining soni sezilarli darajada oshgani qayd etilmoqda.

So'nggi yangiliklar