Tabiat uçun butun umrini bağişlagan inson bugun qanday şaroitda yaşayapti? Uşbu holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, jamoatçilik e’tiborini tortganidan söng, mutasaddi taşkilotlar vaziyatga aralaşdi. Fedin şifoxonadan çiqarilgan, özi yaratgan örmon hududida unga uy ham qurib berilgan. Şuningdek, unga Örmon xöjaligi agentligi tizimida iş berilgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Ammo keyinçalik yangi muammolar yuzaga keldi. Jurnalistning ma’lum qilişiça, Fedinning şogirdi Rustam Edixanov ov miltiğini yöqotganidan keyin unga örmonga kiriş taqiqlangan. Bu jarayonda tahdid va qöpol muomala bölgani haqida ham xabar berilgan. Şundan söng Fedinning asabiylaşişi kuçaygani va xotirasi bilan boğliq muammolar paydo bölgan. Beş oy davomida mahalliy aholi vakili Abraxmat Allanazarov keksa insonga qarab kelgan. Jurnalistning fikriça, u aslida davlat va tegişli taşkilotlar zimmasida bölişi kerak bölgan mas’uliyatni öz zimmasiga olgan. Biroq Fedinning qon bosimi yana kötarilganidan keyin u qaytadan ruhiy kasalliklar muassasasiga joylaştirilgan. Eng taşvişli jihati şundaki, jurnalistning yozişiça, uni körgani kelgan tanişlaridan Fedin doimiy ravişda uni bu yerdan olib ketişlarini söramoqda.

Aleksandr Fedin hozir qanday şaroitda saqlanmoqda? Uning salomatligi va xavfsizligi uçun kim javob beradi? Unga körsatilayotgan tibbiy yordamning sifati qanday nazorat qilinmoqda?
Fedin 1959-yilda Tojikistonda tuğilgan, biroq gödakligidan Surxondaryo viloyatida yaşagan. 1989-yilda Jarqörğon tumanidagi Oqtepa suv ombori yaqinidan unga qarovsiz qolgan tört gektar yer ajratilgan. U şu yerda daraxt ekişni boşlagan. Keyinçalik yana 84 gektar yer ajratilgan. Yillar davomida uning mehnati bilan bu hududda 101 gektarlik yaşil maydon örmon va ovçilik-baliqçilik xöjaligi şakllangan. 2023-yilda Aleksandr Fedin «Tabiat himoyaçisi» kökrak nişoni, 2025-yilda esa «Döstlik» ordeni bilan taqdirlangan.

Bugungi kunda Surxondaryo viloyati hokimining qarori bilan Fedin tomonidan yaratilgan örmon va Oqtepa suv ombori hududidagi bir qator yer maydonlari Ekologiya qömitasi tasarrufiga ötkazilgan. Demak, bugun Fedinning taqdiriga nafaqat mahalliy hokimlik, balki Ekologiya qömitasi ham bevosita daxldor va mas’uldir. Şunday ekan, Ekologiya qömitasidan ham befarq bölmaslikni söraymiz. Öz umrini tabiatni asraşga, örmon yaratişga bağişlagan insonning taqdiriga e’tibor qaratiş, uning huquqlari, yaşaş şaroiti va tibbiy yordam bilan ta’minlanişiga kömaklaşiş zarur. Zero, tabiatni muhofaza qiliş inson taqdiriga befarq bölmaslikdan boşlanadi. Аmmo Surxondaryo ekologiya qömitasi jurnalist Fozil Farhodning Aleksandr Fedin haqidagi çiqişiga raddiya berib, uning salomatligi nazoratda ekanini ma’lum qildi. Ammo bir savolga javob berilmadi: nega önlab yillar davomida umrini örmon yaratişga bağişlagan inson bugun özi xohlagan uyida, özi barpo etgan yaşil makonda emas, ruhiy kasalliklar şifoxonasida yotibdi? Agar Fedinning ahvoli nazoratda bölsa, nega u yana va yana öz örmoniga qaytiş istagini bildirmoqda? Uning bu istagi eşitilyaptimi? Unga qanday şaroit yaratilgan? Uning taqdiri uçun kim mas’ul?

Albatta, inson salomatligi bilan boğliq masalalarga jiddiy va mutaxassislar tavsiyasi asosida yondaşiş kerak. Ammo tibbiy nazorat degani insonning xohiş-istaklari, qadr-qimmati va insoniy ehtiyojlarini e’tiborsiz qoldiriş degani emas. Nega uning özi yaratgan örmonda yaşaşi uçun şaroit yaratiş, davlat hisobidan ijtimoiy xodim yoki qarovçi biriktiriş, muntazam şifokor körigini taşkil etiş imkoniyatlari örganilmayapti? Nega uni özini begona his qilmaydigan, mehribon va xayrixoh insonlar qurşovida yaşaşini ta’minlaş masalasi kun tartibiga qöyilmayapti? Bugun «Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasida millionlab köçat ekiş, yangi yaşil hududlar barpo etiş haqida gapiramiz. Ammo bir inson butun umrini sarflab, 101 gektarlik örmon yaratgan. Bu oddiy mehnat emas, bu avlodlarga qoldirilgan tirik meros! Şunday insonga keksalik çoğida munosib şaroit yaratiş şunçalik qiyinmi? Tabiatni asraşga umrini bağişlagan insonning özini asraşga nahotki imkoniyat topilmasa? Surxondaryo ekologiya qömitasi, mahalliy hokimlik, soğliqni saqlaş va ijtimoiy himoya tizimi mas’ullari bu masalaga rasmiy raddiya bilan çeklanmasdan, aniq amaliy yeçim taklif etişi kerak. Biz Fedinning salomatligi nazoratda ekanini emas, uning keyingi hayoti qanday taşkil etilişini bilmoqçimiz. U qayerda yaşaydi? Kim unga ğamxörlik qiladi? Özi yaratgan örmonga qaytişi uçun qanday çoralar körilmoqda? Insonni faqat u yaratgan örmon uçun olqişlaş oson. Ammo öşa insonning özini asraş, uning qarilikdagi hayoti, xavfsizligi va qadr-qimmati uçun mas’uliyatni zimmaga oliş haqiqiy insoniylik mezonidir. Fedinga orden va mukofotlardan taşqari mehr, e’tibor va munosib hayot şaroiti ham kerak. Uning taqdiri befarqlik ortida qolib ketmasligi lozim!
Nargis Qosimova


