Ekolog jamoat birlashmasi qoshidagi Jizzax viloyati “Yashil maktab” kengashi tomonidan tashkil etilgan “Yashillar” kastingining 3-bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Ushbu tashabbus ekologiyaga befarq bo‘lmagan yoshlarni birlashtirish, ularning bilim va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Kasting jarayonida 150 dan ortiq ishtirokchi faol qatnashib, o‘z bilimlari, g‘oyalari va tashabbuslari bilan ajralib turdi. Har bir ishtirokchi ekologik muammolarga yechim topishga bo‘lgan qiziqishi va mas’uliyatini namoyon etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng faol va munosib deb topilgan 80 nafar ishtirokchi saralab olindi. Tashkilotchilar barcha qatnashgan yoshlarga minnatdorchilik bildirib, ularning ekologiyaga bo‘lgan e’tiborini alohida e’tirof etdi.
Saralangan ishtirokchilar endilikda Jizzax viloyati “Yashil maktab” kengashi bilan hamkorlikda ekologik muammolarga qarshi turli loyihalar va aksiyalarni amalga oshiradi. Bu esa hududda ekologik madaniyatni oshirish va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘lida muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.