Mazkur taşabbus Green University ECO CLUB hamda Ekolog jamoat birlaşmasi qoşidagi Toşkent Yaşil Maktab Kengaşi hamkorligida amalga oşirildi.

Plogging — jismoniy faollikni atrof-muhitni tozalaş bilan uyğunlaştiruvçi ekologik harakat hisoblanadi. Dastlab Şvetsiyada paydo bölgan uşbu taşabbus bugungi kunda dunyoning köplab mamlakatlarida ommalaşmoqda. Uning asosiy ğoyasi yuguriş yoki piyoda sayr qiliş davomida yöl-yölakay uçragan çiqindilarni yiğiş orqali tabiat musaffoligiga hissa qöşişdan iborat.

Green Universityda ötkazilgan aksiya davomida talabalar va yoş eko-faollar universitet hududini çiqindilardan tozalaşda faol iştirok etdi. Tadbir yoşlarni ekologik muammolarga befarq bölmaslikka, jamoaviy hamkorlik orqali ularning yeçimiga hissa qöşişga undadi.

Bugungi kunda çiqindilar hajmining ortişi va atrof-muhitning ifloslanişi global ekologik muammolardan biri bölib qolmoqda. Bunday şaroitda aholi, ayniqsa, yoşlarning ekologik savodxonligini oşiriş va ularni amaliy taşabbuslarga jalb etiş muhim ahamiyat kasb etadi.


Oliy ta’lim muassasalarida bu kabi loyihalarning amalga oşirilişi talabalarga nazariy bilimlarini amaliyot bilan boğlaş imkonini beradi. Şu bilan birga, çiqindilarni belgilangan joylarga taşlaş, jamoat joylari ozodaligiga rioya etiş va tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş kabi kundalik odatlarning şakllanişiga xizmat qiladi.

Green University ECO CLUB va Toşkent Yaşil Maktab Kengaşi örtasidagi hamkorlik ta’lim muassasalari hamda jamoat taşkilotlarining ekologik taşabbuslarni amalga oşirişdagi imkoniyatlarini namoyon etdi. Bunday hamkorlik kelgusida yoşlar iştirokidagi ekologik loyihalar kölamini kengaytiriş uçun ham muhim asos bölişi mumkin.

Green Universityda taşkil etilgan plogging aksiyasi oddiy ekologik tadbir doirasidan çiqib, yoşlarning atrof-muhit muhofazasidagi faol iştirokini rağbatlantiruvçi taşabbus sifatida ahamiyat kasb etdi. Zero, ekologik barqarorlikka erişiş nafaqat yirik dastur va loyihalarga, balki har bir insonning kundalik hayotdagi mas’uliyatli harakatlariga ham boğliq.