Mazkur tadbir Ekolog jamoat birlaşmasi qoşidagi Farğona viloyati Yaşil maktab kengaşi taşabbusi bilan Farğona davlat universiteti hamda Yoş ekologlar harakati Farğona viloyati kengaşi hamkorligida ötkazildi.

Tanlovdan közlangan asosiy maqsad yoşlarning ekologiya sohasidagi nazariy bili

mlarini mustahkamlaş, ularni global ekologik muammolar va ularning yeçimlari haqida mustaqil fikrlaşga undaş, şuningdek, barqaror rivojlaniş jarayonlaridagi faolligini oşirişdan iborat.

Intellektual bellaşuv davomida iştirokçilar ekologiyaga oid fanlar, atrof-muhitni muhofaza qiliş qonunçiligi, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, iqlim özgarişi va global ekologik muammolar yuzasidan öz bilim va salohiyatlarini namoyiş etdilar.

Ayniqsa, tanlovda ekologik muammolarning kelib çiqiş sabablari, ularning jamiyat va iqtisodiyotga ta’siri hamda mavjud muammolarga yeçim topiş masalalariga e’tibor qaratildi. Bu esa iştirokçilarga ekologik jarayonlarni nafaqat tabiatni muhofaza qiliş, balki iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy boğliq holda tuşuniş imkonini berdi.

Bugungi kunda yaşil iqtisodiyotga ötiş dunyo mamlakatlari taraqqiyotining ustuvor yönalişlaridan biriga aylanmoqda. Mazkur yondaşuv energiya samaradorligini oşiriş, qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalaniş, çiqindilarni kamaytiriş va tabiiy resurslarni tejaş orqali iqtisodiy rivojlanişning ekologik barqarorligini ta’minlaşga qaratilgan.

Uşbu jarayonlarda yoşlarning bilim va taşabbuslari muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, oliy ta’lim muassasalarida ekologik ta’limni rivojlantiriş, talabalarni ilmiy izlanişlar va amaliy loyihalarga jalb qiliş kelajakda malakali mutaxassislar hamda ekologik mas’uliyatli jamiyatni şakllantirişga xizmat qiladi.

“Yaşil iqtisodiyot elçilari” tanlovi ham ana şu maqsadlarga yönaltirilgani bilan ahamiyatlidir. Bellaşuv yoşlarning ekologik qonunçilik, barqaror rivojlaniş va tabiatni muhofaza qiliş sohasidagi bilimlarini sinovdan ötkaziş bilan birga, ularning tahliliy fikrlaş va muammolarga yeçim izlaş könikmalarini rivojlantirişga qaratildi.

Şuningdek, Farğona viloyati Yaşil maktab kengaşi, Farğona davlat universiteti va Yoş ekologlar harakati örtasidagi hamkorlik ekologik ta’limni jamoatçilik taşabbuslari bilan uyğunlaştirişning amaliy namunasi böldi.

Bunday intellektual tanlovlar yoşlar orasida ekologik savodxonlikni oşiriş, yaşil texnologiyalar va innovatsion yeçimlarga qiziqişni kuçaytiriş hamda ularni atrof-muhit muhofazasiga oid taşabbuslarda faol iştirok etişga rağbatlantiriş imkonini beradi.

Farğonada taşkil etilgan “Yaşil iqtisodiyot elçilari” tanlovi yoşlarning ekologik tafakkurini rivojlantiriş va barqaror taraqqiyot ğoyalarini ommalaştiriş yölidagi amaliy taşabbuslardan biri böldi. Zero, ekologik barqaror kelajakni barpo etiş bugungi yoşlarning bilimi, mas’uliyati va faol iştirokiga ham bevosita boğliq.